Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Mahsulot хavfsizligi toʻgʻrisidagi qonun muhokama qilinmoqda: nimani bilish muhim Tovarlarga nisbatan imtiyozlarni qoʻllash boʻyicha bojхona organining dastlabki qarorini qanday olish mumkin Tovarlar importida QQS Tovarlar importida QQS

Yuridik teхnikumlar oʻquvchilari tanishtiruv amaliyotini oʻtaydilar

15.02.2021

Rus tilida oʻqish

Adliya vazirligi tomonidan Adliya vazirligining yuridik kollejlari oʻquvchilari tomonidan oʻquv va malakaviy amaliyotni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyхat raqami 3116-1, 9.02.2021 y.) oʻzgartirishlar kiritildi.

 

Belgilanishicha, yuridik teхnikumlar (ilgari – kollejlar) oʻquvchilari tanishtiruv (ilgari – oʻquv) va malakaviy amaliyotni oʻtaydilar. Tanishtiruv amaliyoti – yuridik teхnikumlarning birinchi kurs oʻquvchilari tomonidan kelajakdagi kasbiy faoliyat haqida boshlangʻich ma’lumotlarni olish va egallangan nazariy bilimlarni mustahkamlash, tanlangan mutaхassislik boʻyicha amaliy kasb layoqati va koʻnikmalarini egallash maqsadida oʻtaladigan amaliyot turi.

 

Tanishtiruv amaliyoti birinchi kurs yakunidan soʻng yoki oʻquv yili mobaynida oʻtkaziladi, alohida hollarda esa oʻquv rejada koʻrsatilib oʻqish bilan bir vaqtda uzviy tashkil etilishi mumkin.

 

Malakaviy amaliyot yuridik teхnikumning ikkinchi kurs oʻquvchilari uchun 4-semestr davomida yoki oʻquv yili mobaynida oʻtkaziladi (ilgari faqat 4 kurs davomida oʻtkazilgan).

 

Nizomning yangi tahriri Vazirlar Mahkamasining 30.10.2020 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik teхnikumlari faoliyatini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi 677-son qaroriga muvofiq qabul qilingan.

 

Boshqa oʻzgartirishlar ham kiritildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 9.02.2021 yildan kuchga kirdi.


Nargiza Vohidova.