Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatishga qoʻyiladigan talablar belgilandi

15.04.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 14.04.2022 yildagi “Diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish hamda dinshunoslik ekspertizasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 180-son qarori qabul qilindi.

 

“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq:

  • Oʻzbekiston Respublikasi hududida diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish jamiyatda konfessiyalararo totuvlik hamda diniy bagʻrikenglik buzilishiga olib keladigan, diniy zoʻravonlik va boshboshdoqlikka chorlaydigan gʻoyalar hamda qarashlar tarqalishining oldini olish maqsadida dinshunoslik ekspertizasining ijobiy хulosasi olingandan keyin amalga oshiriladi;
  • diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

 

Qaror bilan quyidagilarni nazarda tutuvchi Diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish hamda dinshunoslik ekspertizasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi:

  • yuridik yoki jismoniy shaхslar tomonidan diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, ushbu materiallarni olib kirish va tarqatishga qoʻyiladigan talablar;
  • dinshunoslik ekspertizasini oʻtkazish uchun vakolatli organga murojaat qilish tartibi;
  • dinshunoslik ekspertizasini oʻtkazish shartlari, muddatlari va dinshunoslik ekspertizasi хulosasini rasmiylashtirish tartibi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 14.04.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.