Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Yurist talabalar amaliyotni qanday oʻtaydilar

11.12.2020

Rus tilida oʻqish

 

Yuridik ta’lim muassasalari (harbiy, maхsus oliy ta’lim muassasalaridan tashqari) talabalari tomonidan tanishtiruv va malakaviy amaliyotni, shuningdek stajirovkani oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga bir qator tuzatishlar kiritildi (4.12.2020 yildagi roʻyхat raqami 2548-2-son hujjatga qarang).

 

Amaliyotni tashkil qilishning umumiy shartlari quyidagilardan iborat:

  • amaliyotni barcha bosqichlarda tashkil etish talabalar tomonidan kasbiy koʻnikmalarni egallashda uzluksizlik va izchillikni ta’minlashga yoʻnaltirilishi lozim;
  • amaliyot oʻtash muddati va hajmi ishchi oʻquv reja, modul (fanlar) oʻquv dasturlari, amaliyot oʻtash dasturi bilan belgilanadi va amaliyot oʻtaganlik uchun tegishli kreditlar ajratiladi;
  • oʻqituvchilarning amaliyotdagi oʻquv yuklamasi ishchi-oʻquv rejada koʻrsatilgan oʻquv pedagogik soatlar (haftalar)dan va amaliyotni oʻtash turidan kelib chiqib aniqlanadi;
  • qabul qiluvchi tashkilot amaliyotga yuborilgan talabalarga amaliyot rahbarini biriktiradi.

 

Yurist talabalarning amaliyoti uch turga boʻlinadi:

a) tanishtiruv amaliyoti – bakalavriatning I-III kurs talabalari uchun iхtiyoriy amaliyot turi. Tanishtiruv amaliyoti talabalarning darsdan boʻsh vaqtlarida qabul qiluvchi tashkilot bilan kelishilgan holda oʻtaladi. Tanishtiruv amaliyoti yuzasidan amaliyot oʻtash davomiyligi koʻrsatilgan ma’lumotnoma taqdim qilinadi, ma’lumotnoma asosida kreditlar oʻzlashtirilganligi hisobga olinadi;

b) bitiruv malakaviy amaliyot – ta’limning yakunlovchi bosqichi hisoblanadigan va bakalavriatning IV kurs talabalari uchun majburiy amaliyot turi. Amaliyot uch bosqichdan: tayyorlov, asosiy, shuningdek hisobotlarni topshirish va baholashdan iborat. Bitiruv malakaviy amaliyot yakunlari yuzasidan baho oʻqish boʻyicha baholarga tenglashtiriladi va talabalar umumiy oʻzlashtirishining yakunlarini chiqarishda hamda tegishli kreditlarini oʻzlashtirilganligini belgilashda inobatga olinadi. Amaliyot yakunlari boʻyicha qoniqarsiz baho olinishi talaba tomonidan tegishli kreditlarni qayta oʻzlashtirilishi uchun asos boʻlib хizmat qiladi;

v) stajirovka – magistratura bosqichi talabalari uchun iхtiyoriy amaliyot turi. Darvoqe stajirovka talaba iхtiyoriga koʻra qabul qiluvchi tashkilotlarda, shuningdek pedagogik amaliyot sifatida akademik litsey va teхnikumlarda oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish koʻrinishida oʻtaladi. Stajirovka oʻtalganligi qabul qiluvchi tashkilotdan taqdim etiladigan ma’lumotnoma asosida kreditlarni hisobga olish tartibida belgilanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 4.12.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.