Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

“Zakovat” oʻyini gʻoliblari OTMga imtihon sinovlarisiz qabul qilinadi

24.01.2022

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 21.01.2022 yildagi “Zakovat” intellektual oʻyinini aholi oʻrtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual oʻyinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-96-son qaror imzolandi.

 

Hujjat bilan "Zakovat" intellektual oʻyinini aholi oʻrtasida ommaviy- ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual oʻyinlarni rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

 

Yoshlar ishlari agentligi zimmasiga quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklandi:

  • yoshlarning intellektual rivojlanishga boʻlgan intilishlarini qoʻllab-quvvatlash va bu sohadagi ishlarni muvofiqlashtirib borish;
  • yoshlar oʻrtasida intellektual oʻyinlar, notiqlik musobaqalari, chettillarda munozara va uchrashuvlar oʻtkazish;
  • yoshlar oʻrtasida intellektual oʻyinlarni rivojlantirish hamda ommalashtirishga qaratilgan loyihalarga grantlar ajratish;
  • intellektual oʻyinlar va ulardagi iqtidorli ishtirokchilar haqidagi ma’lumotlarning elektron platformaga kiritilishini ta’minlash va intellektual oʻyinlar natijalarini ommaviy aхborot vositalarida yoritib borish.

 

Tashkiliy qoʻmita tavsiyasiga koʻra intellektual oʻyinlarning respublika bosqichida gʻolib va sovrindor (1-3-oʻrinlar) boʻlganlar:

  • umumiy oʻrta ta’lim maktablari, shu jumladan Prezident ta’lim muassasalari oʻquvchilari - oʻrta maхsus va professional ta’lim muassasalari hamda oliy ta’lim muassasalariga;
  • oʻrta maхsus va professional ta’lim muassasalari oʻquvchilari - oliy ta’lim muassasalarining tegishli ta’lim yoʻnalishlariga, oliy ta’lim muassasalari talabalari - ta’limning keyingi bosqichiga bazaviy toʻlov kontrakt asosida imtihon sinovlarisiz qabul qilinadi.

 

Shu bilan bir qatorda, 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab intellektual oʻyinlarning respublika bosqichida gʻolib boʻlgan oʻquvchi yoshlar va talabalar uchun yil davomida har oyda beriladigan "Zakovat" stipendiyasi ta’sis etiladi. Stipendiya Davlat byudjetidan Yoshlar ishlari agentligiga ajratilgan mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladi.

 

Bunda ta’lim muassasalarida tashkil etilgan "Zakovat" intellektual klublarining koordinatori boʻlgan professor-oʻqituvchilarga direktor jamgʻarmasi hamda oliy ta’lim muassasalarining byudjetdan tashqari jamgʻarmalari hisobidan bir oylik mehnatga haq toʻlash fondining 50%i miqdorida bir martalik ustama toʻlab beriladi.

 

Davlat byudjetidan "Zakovat" intellektual klubi" NNTga 2022 yilda 50 mlrd soʻm mablagʻ ajratiladi. Kelgusi yillarda mablagʻlar "Zakovat" intellektual klubiga asoslangan hisob-kitoblarga muvofiq ajratiladi.

 

2022 yildan boshlab har yili ta’lim yoʻnalishi, sohasi, mutaхassisligidan qat’i nazar respublikadagi barcha oliy ta’lim muassasalari talabalari oʻrtasida Intellektual olimpiada tashkil qilib boriladi.

 

2022/2023 oʻquv yilidan boshlab har yili aprel oyida "Intellektual haftalik" tadbiri oʻtkazib boriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 21.01.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.