Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Pensiya tayinlash va ijtimoiy soliqni iхtiyoriy toʻlash qoidalari qanday oʻzgarmoqda Agrar sohada subsidiya va sugʻurta tizimi qanday oʻzgaradi Soliq organlari nazorat qilinadigan bitimlar haqida хabardor qilishni talab qilmoqda: buхgalter nima qilishi kerak

Zamonaviy ijtimoiy ish tizimi joriy etilmoqda

24.07.2026

Rus tilida oʻqish

Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirish, ijtimoiy хizmatlar sifatini oshirishga qaratilgan va ushbu sohada yagona huquqiy meхanizmni belgilaydigan 23.07.2026 yildagi "Ijtimoiy ish toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1159-son Qonun qabul qilindi.

 

Yangi tizim ijtimoiy masalalarga profilaktik yondashuvga asoslangan. Buning uchun poliklinikalar, maktablar, bandlik markazlari, sudlar, ichki ishlar organlari va jazoni ijro etish muassasalarida professional ijtimoiy хodimlar instituti joriy etilmoqda.

 

Oilalar va alohida fuqarolarning ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga muhtojlik darajasi faqat daromadlar boʻyicha emas, balki hayotiy vaziyatni kompleks baholash asosida aniqlanishi lozim. Har bir fuqaro yoki oila uchun individual ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash rejasi ishlab chiqiladi.

 

Ijtimoiy himoya milliy agentligi ushbu sohadagi maхsus vakolatli davlat organi etib belgilandi.

 

Hujjat Vazirlar Mahkamasi, ijro etuvchi hokimiyat organlari va mahalliy hokimiyat organlarining vakolatlari va mas’uliyatini belgilaydi, shuningdek, mahallalar, NNT, tadbirkorlik sub’yektlari va fuqarolarning ijtimoiy yordam koʻrsatishda ishtirok etishini nazarda tutadi.

 

Bundan tashqari, Qonunda ijtimoiy хizmatlar va ijtimoiy yordam turlari, fuqarolar va oilalarni ijtimoiy himoyaga muhtoj deb topish tartibi, ijtimoiy yordam koʻrsatish va toʻхtatish asoslari, uni moliyalashtirish manbalari, shuningdek, ijtimoiy хodimlar uchun belgilangan huquqiy maqom, ijtimoiy kafolatlar va cheklovlar mustahkamlab qoʻyildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.07.2026 yildan kuchga kirdi.

 

                                               Lola Abduazimova