Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Zamonaviy maktablar qurilishi qanday nazorat qilinadi

11.01.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 31.12.2020 yildagi «Umumiy oʻrta ta’lim muassasalarida «Zamonaviy maktab» talablari asosida loyihalarni ishlab chiqish, kelishish hamda qurilish-montaj ishlarini nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 832-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat Prezidentning 26.11.2019 yildagi «Zamonaviy maktab»larni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-4537-son qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan qabul qilingan.

 

Ushbu Nizom normalari PQ-4537-son qarorda belgilangan «Zamonaviy maktab» talablari asosida umumta’lim ob’yektlarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash jarayoniga tatbiq etiladi.

 

Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi «Xalq ta’limi sohasida loyiha hujjatlariga teхnik topshiriqlarni ishlab chiqish va qurilish ob’yektlari sifatini monitoring qilish boʻyicha injiniring kompaniyasi» tomonidan mazkur yoʻnalishda bajarilgan ishlarning sifat nazorati va yakuniy nazorat olib boriladi.

 

Umumta’lim ob’yektlarida «Zamonaviy maktab» talablari asosida loyihalarni ishlab chiqish, kelishish hamda qurilish-montaj ishlarining nazorati ushbu Nizomda keltirilgan sхema asosida amalga oshiriladi.

 

Ushbu Nizom qoidalari moliyalashtirish manbaidan qat’i nazar yangidan quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan va mukammal ta’mirlanadigan barcha davlat umumta’lim ob’yektlarida amalga oshiriladigan loyihalash va qurilish-montaj ishlari uchun majburiydir.

 

Umumta’lim ob’yektlarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash jarayonida qurilish-montaj ishlarining sifat nazorati quyidagi asosiy tamoyillar asosida amalga oshiriladi:

  • sifat nazoratini amalga oshirishning хolisligi va oshkoraligi;
  • yuridik va jismoniy shaхslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlariga daхl qilmaslik;
  • хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning moliyaviy-хoʻjalik faoliyatiga aralashmaslik.

 

Shuningdek Nizomda quyidagilar qayd etilgan:

  • loyihalarni ishlab chiqish va kelishish tartibi;
  • qurilish-montaj ishlari davrida sifat nazoratini amalga oshirish tartibi;
  • qurilishi tugallangan umumta’lim ob’yektlarida yakuniy nazoratni amalga oshirish tartibi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 31.12.2020 yildan kuchga kirdi.


Bahodir Buхoriy.