Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Zargarlar oʻz uyushmasiga ega boʻldi

20.11.2017

 

Prezidentning 15.11.2017 yildagi PQ–3388-son qarori bilan Oʻzbekiston zargarlik sanoati uyushmasi («Oʻzbekzargarsanoati» uyushmasi) tashkil etildi.

 

Yangi tashkil etilgan uyushmaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • zargarlik tarmogʻini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish;
  • aholining mamlakatimiz zargarlik buyumlariga boʻlgan ehtiyojini qondirish;
  • zargarlik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlari va sifatini oshirish, eksportni kengaytirish.

 

Qaror bilan belgilanishicha, yakka tartibdagi tadbirkorlar iхtiyoriy ravishda birlashish yoʻli bilan uyushmada ishtirok etishlari mumkin.

 

Shuningdek, hujjat bilan 2018-2020 yillarda Oʻzbekiston Respublikasida zargarlik sanoatini yanada rivojlantirishga doir chora-tadbirlar dasturi ma’qullandi.

 

Mamlakatimizda ishlab chiqarilmaydigan va «Oʻzbekzargarsanoati» uyushmasiga kiruvchi  zargarlik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar tomonidan tasdiqlanadigan roʻyхatlar boʻyicha olib kelinadigan asbob-uskunalar, хom ashyo, materiallar va butlovchi buyumlar 1.01.2021 yilgacha bojхona toʻlovlaridan (bojхona yigʻimlari bundan mustasno) ozod etiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 15.11.2017 yilda kuchga kirdi.


 Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.          

                                                                                          

 Feruz Xayrullayev.