Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
TEFJMS polislari narхi qanday oʻzgaradi Oʻzbekistondagi kompaniyalar yuridik manzilini qanday oʻzgartirishi mumkin 2025 yil iyul oyi uchun JShDS va ShJBPHga badallarni qanday hisoblash kerak – Buxgalter Pro Oʻzbekistonda 2025 yil 1 avgustdan nimalar oʻzgaradi Vakillik хarajatlari qanday hisobga olinadi Vakillik хarajatlari qanday hisobga olinadi

Zargarlik sohasi va dam olish maskanlariga soliq imtiyozlari berilmoqda

16.05.2024

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 13.05.2024 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-926-son Qonun imzolandi. 

 

Soliq kodeksiga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga koʻra:

  • zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan qimmatbaho toshlarni respublika hududiga olib kirish QQSdan 2024 yil 1 yanvardan 2027 yil 1 yanvarga qadar boʻlgan davrda ozod qilinadi;
  • kasaba uyushmalari tizimidagi bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari negizida bolalarning dam olish mavsumidan tashkari davrda tashkil etiladigan dam olish uylarining va dam olish zonalarining mazkur yoʻnalishdagi хizmatlarni koʻrsatishdan olgan foydasi 2026 yil 1 yanvarga qadar boʻlgan davrda foyda soligʻidan ozod qilinadi.

 

Bundan tashkari «Turizm toʻgʻrisida»gi Qonunga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga koʻra,  kasaba uyushmalari tizimidagi bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari negizida bolalarning dam olish mavsumidan tashqari davrda tashkil etiladigan dam olish uylari va dam olish zonalari majburiy sertifikatlashtirishdan ozod etilmoqda.

  

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 14.05.2024 yildan kuchga kirdi.

 
 

 

Sobir Nurberdiyev