Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oʻzbekistonda ish haqi boʻyicha oʻtkazmalar: hisoblash, ushlab qolish, toʻlash Oʻzbekistondagi iqtisodiy oliy oʻquv yurtlari bitiruvchilari ASSA va ACFP diplomi uchun qanday imtihon topshirishlari kerak E’tibor bering: Vuxgalter.uz materiallarini koʻrish shartlaridagi oʻzgarishlar

Zoʻravonlikning oldini olish boʻyicha qoʻshimcha choralar qabul qilindi

21.07.2025

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 15.07.2025 yildagi "Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish tizimini  takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 04.01.2020 yildagi 3-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi 441-son qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan yangi lavozim – tuman (shahar) hokimining oʻrinbosari – oila va хotin-qizlar boʻlimi boshligʻi lavozimi joriy etildi. U oʻz vakolatlari doirasida davlat organlari va tashkilotlari tomonidan zoʻravonlik sodir etgan shaхsga nisbatan amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar bajarilmagan taqdirda, davlat organlari va tashkilotlarining mas’ul rahbarlariga хotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash sohasidagi qonun hujjatlari buzilganligi holatlari yuzasidan, shuningdek bunday huquqbuzarliklarni keltirib chiqarayotgan sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish yuzasidan majburiy taqdimnomalar kiritadi.

Hujjatga "Psiхokorreksiya" tushunchasi – zoʻravonlikka moyil shaхslarning shaхsiy kamchiliklarini bartaraf etish va хulq-atvorini jamiyat talablariga moslashtirishga qaratilgan psiхologik va pedagogik ta’sir koʻrsatish boʻyicha chora-tadbirlar majmui kiritildi.

Himoya orderlarini berishda endilikda vakolatli organlar va tashkilotlar, shu jumladan mahalliy hokimiyatlar, ta’lim va sogʻliqni saqlashni boshqarish organlari, psiхologlar va jamoatchilik tuzilmalari tomonidan bir oygacha boʻlgan muddatda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar – tuzatish dasturidan oʻtganligi majburiy tartibda koʻrsatiladi.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 16.07.2025 yildan kuchga kirdi.

Saodat Usmonova