Jismoniy shaxslarni tibbiyot muassasalariga hisobga qoʻyishda davlat xizmatini koʻrsatish reglamenti tasdiqlandi
U Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalariga – koʻp tarmoqli markaziy, oilaviy poliklinikalarga, oilaviy shifokor punktlariga nisbatan tatbiq etiladi.
Ikkita soliq imtiyozi bekor boʻlmoqda
Kripto-aktivlar aylanmasi boʻyicha soliqlardan ozod qilish muddati belgilanmoqda.
Ta’lim krediti kimlarga beriladi
Hukumatning ayrim qarorlariga oliy va professional ta’lim tashkilotlari talabalari hamda oʻquvchilariga ta’lim krediti ajratish tartibini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirishlar kiritildi.
Ulgurji savdo korxonalari uchun alkogol mahsulotlarini eng kam sotish narxi belgilanmoqda
Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Soliq qoʻmitasining “Alkogol mahsulotlari uchun eng kam sotish narxlarini qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisida”gi qoʻshma qarori qabul qilindi.
Ommaviy tadbirlarni oʻtkazish qoidalariga oʻzgartirishlar kiritildi
Shuningdek, ommaviy tadbirlar oʻtkazish uchun Ruxsatnomaga ham qoʻshimchalar kiritildi.
Hakamlik sudlarini roʻyxatdan oʻtkazish va hisobga olish faqat DXM va YaIDXP orqali amalga oshiriladi
Xususiy notariuslarni hisob roʻyxatiga olish, NNTlarning chet el fuqarolari boʻlgan xodimlarini akkreditatsiya qilish va ularning ramzlarini roʻyxatdan oʻtkazish uchun ham xuddi shu tartib belgilangan.
Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti huzurida naslli urugʻchilik stansiyalari tashkil etildi
Ularning asosiy vazifalari – ipak qurtining yuqori sifatli elita urugʻlarini tayyorlab, urugʻchilik korxonalarini ular bilan ta’minlash.
Paxta xomashyosi yetishtiruvchilariga subsidiya toʻlanadi
Ular paxta yetishtiruvchilar tomonidan 2024 yil hosili paxta xomashyosini yetishtirish uchun olingan imtiyozli kreditlar, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzdorliklarini soʻndirishga yoʻnaltiriladi.
Tovar-xomashyo birjalari uchun yangi talablar belgilandi
2025 yil 1 iyulga qadar ularning ustav kapitali 200 mlrd soʻmga yetkazilishi lozim.
Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining asosiy vazifalari aniqlashtirildi
Qishloq xoʻjaligida erkin bozor munosabatlari joriy etilishi munosabati bilan bir qator MHHga oʻzgartirishlar kiritildi.
Sogʻliqni saqlash: COVID-19ga qarshi shoshilinch choralarni koʻrish loyihasi amalga oshirilmoqda
Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi mazkur loyiha uchun ajratilgan xorijiy qarzdan maqsadli va samarali foydalanish boʻyicha mas’ul ijro etuvchi organ deb belgilandi.
Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi modulli mehmonxonalarni ochish uchun subsidiya toʻlaydi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan modulli mehmonxonani qurish va jihozlash uchun subsidiya ajratishning Vaqtinchalik tartibi tasdiqlandi.
Daryo oʻzanlarida qum-shagʻal qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy etildi
Noruda materiallarni qazib olish bilan shugʻullanuvchi korxonalar atrof-muhitga ta’sirini kamaytirish uchun maxsus sanoat yoki kichik sanoat zonalariga koʻchirilishi lozim.
Koʻchmas mulk ob’yektlarining kadastr raqamlariga tuzatish kiritiladi
Oʻzbekiston Respublikasi hududlarini kadastr boʻyicha boʻlish va koʻchmas mulk ob’yektlarining kadastr raqamlarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Metrologiya: oʻlchash natijalari davlat ahamiyatiga ega boʻlgan oʻlchash vositalari turkumlarining roʻyxati tasdiqlandi
Roʻyxat 179 ta nomdan iborat.
Hududlarda kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha prokuratura boʻlinmalari tashkil etiladi
Bosh prokurorning kambagʻallikni qisqartirish va aholini ijtimoiy himoya qilish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi va uning ijrosi ustidan nazoratga mas’ul boʻlgan yana bir nafar oʻrinbosari boʻladi.
Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlashning yangi mexanizmi joriy etildi
Xususan, joriy yilning oktyabr oyidan boshlab Xotin-qizlar muammolarini oʻrganish va tizimli hal etish moduli ishga tushiriladi.
Asosiy stavka yillik 13,5% darajasida qoldirildi
Inflyatsiyani yil yakunida prognoz koʻrsatkichlariga qadar va oʻrta muddatli davrda 5 foizlik target darajasigacha pasaytirish maqsadida MB bunday qarorni qabul qildi.
Davlat tibbiy sugʻurtasi bosqichma-bosqich joriy etiladi
Tibbiy yordamning kafolatlangan paketiga kiritilgan xizmatlarni koʻrsatishga davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlari jalb etiladi.
Intellektual mulk: zararlarni qoplash oʻrniga – kompensatsiya
Intellektual mulk ob’yektidan noqonuniy foydalanilganda huquq egasi endi BHMning 20 baravaridan 1000 baravarigacha miqdorda tovon toʻlanishini talab qilishi mumkin.
Yer uchastkasi qiymatini boʻlib-boʻlib toʻlash mumkin
Yangi realizatsiya qilingan yer uchastkalariga nisbatan yer soligʻi stavkasi 50 % miqdorida qoʻllanadi.
Shaharsozlik kodeksi takomillashtirildi
Shaharsozlik faoliyati sohasida davlat boshqaruvi va aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan unga qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar kiritildi.
Xabardor qilish tartibida bojxona brokerini roʻyxatdan oʻtkazish joriy etilmoqda
“Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonunga tegishli qoʻshimcha kiritildi.
Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash kompleks dasturi takomillashtiriladi
Bir loyiha doirasida 300 mln soʻmgacha mikrokreditlar ajratiladi, shundan 100 mln soʻm garovsiz qismini tashkil etadi.
Nogironligi boʻlgan shaxslarning odil sudlovdan foydalanish huquqi qonunda mustahkamlab qoʻyildi
“Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida”gi Qonunga kiritilgan qoʻshimchalar bilan ularning ijtimoiy-siyosiy hayotda bevosita yoki oʻz vakillari orqali ishtirok etishi, shu jumladan saylash va saylanish hamda referendumlarda ishtirok etish huquqi ham ta’minlandi.
Mudofaa vazirligi qoʻshinlariga kontrakt boʻyicha xizmatga saralash tartibi oʻzgardi
Mudofaa vazirining buyrugʻi bilan harbiy xizmatga saralashda ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan shaxslar doirasiga aniqlik kiritildi va sportchilarni imtiyozli saralash shartlari oʻzgartirildi.
Ta’lim: ma’muriy islohotlar davom etmoqda
Nodavlat ta’lim xizmatlarini koʻrsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash boʻyicha vakolatlar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi oʻrtasida taqsimlanadi.
Suv mototransport vositalari uchun maksimal tezlik belgilandi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan suv transport vositalaridan foydalanish tartibini takomillashtirish hamda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari tasdiqlandi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


