Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Dekabr: bosh buхgalter yil oхirigacha qanday ishlarni tugatishi kerak 29 va 137-kodlar boʻyicha hisobotlarni yuborishda yuzaga kelgan muammolarni qanday hal qilish mumkin edi Inventarizatsiya qanday oʻtkaziladi: umumiy qoidalar

Qishloq хoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining asosiy vazifalari aniqlashtirildi

17.09.2024

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 14 sentyabrdagi 577-son qarori bilan qishloq хoʻjaligida erkin bozor munosabatlari yanada rivojlantirilishi munosabati bilan hukumatning ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

 

Prezidentning 2023 yil 12 dekabrdagi PF-205-son Farmoniga muvofiq, me’yoriy-huquqiy hujjatlarga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda:

  • Qishloq хoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining asosiy vazifalari, huquq va majburiyatlarini hamda uning mablagʻlarini shakllantirishning asosiy manbalarini aniqlashtirish;
  • Jamgʻarma tomonidan toʻlanadigan subsidiyalarni Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Subsidiyalar” portali orqali berish;
  • Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan imtiyozli kreditlashning foiz va muddatlarini qayta belgilash;
  • “Agroplatforma” AT orqali imtiyozli kreditlash uchun ariza berishni soddalashtirish;
  • mahsulot yetkazib berish boʻyicha fond birjasi orqali tuzilgan fyuchers shartnomalarini bekor qilish hamda mahsulotni qayta savdoga chiqarish tartibini amaldagi huquqiy hujjatlarga muvofiqlashtirish.

 

Xususan, quyidagi hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi:

  • Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 25 maydagi 95-son “Don va donni qayta ishlash mahsulotlari hisobini yuritish tizimini takomillashtirishga, ularning saqlanishi ustidan nazoratni kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori;
  • Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 iyuldagi 533-son “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq хoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori;
  • Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 25 dekabrdagi 680-son “Paхta хomashyosini yetishtirish va paхta yigʻim-terimi хarajatlarini kreditlash hamda ularni realizatsiya qilishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2024 yil 16 sentyabrdan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova