Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Nazoratning yangi tartibi: tekshiruvlarni videotasvirga olish va elektron hisob yuritish tizimi Moliyaviy xatarlar haqida ogohlantirish va sugʻurtaga e’tibor: «Reklama toʻgʻrisida»gi qonunda nimalar oʻzgarmoqda 505-son VMQning yangi qoidalariga koʻra xodimning sogʻligʻiga yetkazilgan ziyonni qoplash: nimalarni inobatga olish kerak 505-son VMQning yangi qoidalariga koʻra xodimning sogʻligʻiga yetkazilgan ziyonni qoplash: nimalarni inobatga olish kerak

NORMA.UZ saytida reklama

04.04.2017

Sayt haqida


NORMA.UZ – bu axborot-huquqiy portal boʻlib, unda qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalari tahlili, tadbirkorlik, buxgalteriya, yurisprudensiya va boshqa sohalar boʻyicha mualliflik materiallari, elektron mahsulotlar hamda seminarlar anonslari har kuni chop etiladi. Portal iqtisodiyot, huquq va siyosat sohasidagi dolzarb mavzularni yoritish boʻyicha eng nufuzli resurslardan biri hisoblanadi.

 

Sayt auditoriyasi

 

Portal oʻquvchilari – bu buxgalterlar, yuristlar, kadrlar boʻyicha inspektorlar, moliyaviy tahlilchilar va tashqi iqtisodiy operatsiyalar boʻyicha mutaxassislar, turli korxonalar egalari va rahbarlaridir.

 

Saytda taqdim etilgan ma’lumotlar ishbilarmonlik muhitiga –  AKT, sanoat, yakka tartibdagi tadbirkorlik, xizmat koʻrsatish sohasi va sugʻurta, bank sektori va biznesning boshqa sohalariga moʻljallangan.

 

Resursga kundalik tashrif buyurish 7-10 ming nafar oʻquvchini tashkil etadi. Biznesi B2B segmentiga moʻljallanganlar uchun NORMA.UZ saytida reklama joylashtirish boʻlgʻusi mijozlarning eng koʻp sonini qamrab olishga yordam beradi.

 

Saytda ryeklama

 

Biz sifatli reklamaga urgʻu beramiz. Resursning auditoriyasi savodli, mazmun-mohiyati talablarga javob beradigan, aniq jadvalli va qulay joylashgan ma’lumotlarni olishi biz uchun muhim. Biz reklamangizni yanada samaraliroq qilishga yordam beramiz.

 

 Siz quyidagilar bois reklamani portalda joylashtirishingiz mumkin:

  • oʻz shaxsiy brendingiz yoki kompaniyangiz brendining tanilish darajasini oshirish maqsadida;
  • oʻz tovar yoki xizmatlaringiz savdosini koʻpaytirish uchun;
  • maqsadli auditoriyaga yangi mahsulotni taqdim etish uchun.

 

Bannerli reklama:

 

Bannerli reklamaning afzalliklari:

  • vizual reklama portal oʻquvchilari e’tiborini kafolatli ravishda jalb etadi;
  • banner orqali oʻz murojaatini mijozlarga oson va tez yetkazish mumkin;
  • banner sizning saytingiz havolasiga bogʻlangan boʻlishi mumkin.

 

Narxlar va ta’riflar

Sayt shapkasi

 (680x100)

Banner ekranning eng yuqori qismida va saytning har bir sahifasida joylashgan. Aynan uni portal oʻquvchisi birinchi boʻlib koʻradi. Bu esa auditoriyani deyarli 100% qamrab olishga imkoniyat yaratadi.

Oyiga 3 mln. soʻm

Markaziy yangiliklar tasmasining oʻrtasi (680x100)

Banner shunday joylashtirilganki, hatto sahifadagi axborotlarga shunchaki bir koʻz yugurtirilganda ham uni payqash aniq.

Oyiga 2 mln. soʻm

Markaziy yangiliklar tasmasining pastki qismi (680x100)

Banner bosh sahifaning pastki qismida joylashtirilgan. Uni portalda e’lon qilingan materialni sinchkovlik bilan koʻrayotgan odam koʻrishi va oʻrganishi mumkin. Qoidaga koʻra,  bular oʻz ishiga mas’uliyat bilan yondashadigan va tor doiradagi ixtisoslikka ega boʻlgan oʻquvchilardir.

Oyiga 1 mln. soʻm

Saytning oʻng bari (268x70)

Saytning oʻng qismida informator, taqvim yonida hamda foydali materiallar bloki yaqinidagi manfaatli joylashuv bannerni resursning barcha auditoriyasi uchun e’tiborli qiladi.

Oyiga 1 mln. soʻm

Materiallarning tag qismida

(163x163)

Bu oʻquvchilarning e’tiborini tortadigan joy. Materialni varaqlash reklama banneriga olib keladi.

Oyiga 500 ming soʻm

 

Shartnoma quyidagi muddatlarga tuzilganda chegirmalar mavjud:

3 oyga – 5%

6 oyga – 10%

 

Maqolalar va intervyular

 

Biz sizning matnlaringizni yoki tahririyatimiz tomonidan siz uchun maxsus tayyorlangan matnlarni chop etamiz.

 

Maqolalarning afzal jihati:

  • mahsulot yoki xizmatni batafsil ta’riflash;
  • kompaniyani toʻliq taqdim etish, bu ayniqsa, oʻz faoliyatini endigina boshlayotganlar uchun muhim;
  • boshlanayotgan aksiyalar, yangi brend yoki tovar joriy etilayotgani haqida toʻliq ma’lumot.

 

Intervyuning afzalliklari:

Kompaniya vakili, uning rahbari yoki mutaxassisi korxona, xizmat, mahsulot, mijozlar bilan ishlashning oʻziga xosliklari, diskont kartalar va bonusli dasturlar haqida birinchi shaxs nomidan soʻzlab berish imkoniyatiga ega boʻladi.

 

 Narxlar:

Oʻzbek tilida

500 ming soʻm

Rus tilida

800 ming soʻm

Tahririyat tomonidan tayyorlangan matn

1 mln. soʻm

Intervyu

1 mln. soʻm

 

Matnning eng koʻp hajmi  – 5000 belgi + 4 fotosurat

Oʻz reklamasining NORMA.UZ portalida oʻzgacha koʻrinishda joylashtirilishini istovchilar uchun (bannerni joylashtirish uchun boshqa joy, nostandart oʻlchamdagi reklama bloki, soʻrovnomalar, ekspertlar sharhlari bilan beriladigan turkum maqolalar va boshqalar) uni joylashtirish shartlari kelishuv asosida yakka tartibda hal etiladi.

 

NORMA.UZ da reklama masalalari boʻyicha bogʻlanish:

Tel.:(+99871) 283-39-55

Email: portal@norma.uz.