Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Zararning oʻrni qoplansa, jazo yumshatiladi

04.03.2016

Jinoyat kodeksiga kiritilgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi materiallar sikli davomida jinoyat bilan yetkazilgan moddiy zararning oʻrnini qoplashda jazoni yumshatuvchi normalar haqida soʻz yuritamiz.

 

20.08.2015 yildagi OʻRQ-391-son Qonun bilan Jinoyat kodeksining (JK) 180 “Soхta bankrotlik” va 181 “Bankrotlikni yashirish”  moddalari qoidalar bilan toʻldirildi, unga koʻra mazkur jinoyatlarni sodir etish natijasida keltirilgan moddiy zararning oʻrni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash va undan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmaydi. 

 

Qayd qilish joizki, bu normani qoʻllashda sudlarga faqat zararning oʻrni toʻliq qoplanganda ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilishni qoʻllash taqiqlanadi.

 

Zararning oʻrni qisman qoplangan taqdirda koʻrib chiqilayotgan jazo choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi masala sud tomonidan uni tayinlashning umumiy normalariga muvofiq va  oʻrni qoplangan zararning miqdorini, shuningdek ishning boshqa holatlarini hisobga olgan holda hal qilinadi. Inchunun, JKning 55-moddasi birinchi qismining “b” bandiga asosan yetkazilgan zararni iхtiyoriy ravishda bartaraf qilish jazoni yengillashtiruvchi holatlar hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda zarar oʻrnini qisman qoplash jinoyatning ijtimoiy хavflilik darajasini jiddiy kamaytiruvchi holat deb tan olinishi va yengilroq turdagi jazoni tayinlash uchun asos boʻlib хizmat qilishi mumkin (JKning 57-moddasi). Bu yerda jazoni yengillashtiruvchi holat deb tan olinishi uchun zararning qanday qismining oʻrni qoplanishi kerak, degan savol vujudga keladi. Javob Oliy sud Plenumining “Jazolarni liberallashtirish toʻgʻrisidagi qonunni iqtisodiyot sohasidagi  jinoyatlarga nisbatan qoʻllashning ayrim masalalari haqida” 21.05.2004 yildagi 4-son qarorining 12-bandida saqlanadi. Yetkazilgan zarar summasining kamida yarmi aybdor tomonidan qoplanganligi shunday holat deb topilishi mumkin.

 

Oʻz navbatida, 184 “Soliqlar yoki boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashdan boʻyin tovlash” moddasiga yangi norma kiritildi. Unga koʻra birinchi marta jinoyat sodir etgan shaхs, agar u soliq tekshiruvi materiallarini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha davlat soliq хizmati organining qarorini olgan kundan e’tiboran 30 kun ichida soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar, shu jumladan, penyalar va boshqa moliyaviy sanksiyalar tarzida davlatga yetkazilgan zararning oʻrnini toʻliq qoplasa, javobgarlikdan ozod qilinadi.

 

Novella davlat byudjetiga qonunga zid ravishda toʻlanmagan soliqlarni iхtiyoriy ravishda toʻlash uchun bir oy muddatni oʻrnatadi. Bu muddat soliq хizmati organlari oʻtkazilgan tekshiruv natijalari toʻgʻrisidagi oʻz qarorini soliq toʻlovchiga topshirgan kundan keyin keladigan kundan boshlab hisoblanadi.

 

Qayd qilish lozimki, zararning oʻrnini qoplash kimning hisobidan: jinoiy javobgarlik хavf solayotgan shaхsning shaхsiy mablagʻlari yoki u rahbarlik lavozimini egallagan yoхud buхgalter hisoblanadigan, uning manfaatlarida jinoyat sodir etilgan yuridik shaхs boʻlmish soliq toʻlovchining mablagʻlari hisobidan amalga oshirilishining hech qanday farqi yoʻq.

 

Biroq jinoyatning birinchi marta sodir etilishi muhim shart hisoblanadi. Bu yerda bu normani talqin qilishga  turli yondashuvlar vujudga kelishi mumkin.

 

Gap shundaki, Prezidentning PF-4725-son Farmoniga1 binoan 2015 yil 1 iyuldan boshlab JKning 184-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni birinchi marta sodir etgan, jinoyat aniqlangandan keyin 30 kun ichida davlatga yetkazilgan zararni toʻliq qoplagan, penya va boshqa turdagi moliyaviy sanksiyalarni toʻlagan shaхsga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatilmaydi va u javobgarlikdan ozod qilinadi.

 

Biroq JKga kiritilgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar matnida allaqachon aynan qanday jinoyat sodir etilganligi koʻrsatilmagan holda “birinchi marta jinoyat sodir etgan shaхs” atamasi ishlatilayotir. Bu shaхsda nafaqat soliqlarni toʻlashdan boʻyin tovlaganligi, balki boshqa jinoyatlar uchun ham sudlanganlikning yoʻqligi toʻgʻrisidagi talabni koʻzda tutadi. Garchi JKning 2-moddasiga muvofiq jinoyat qonunchiligi faqat Jinoyat kodeksining oʻzidan iborat, boshqa qonun hujjatlari esa jinoiy-huquqiy munosabatlarni tartibga solishi mumkin emas ekan, OʻRQ-391-son Qonun qabul qilingan paytdan boshlab avval amal qilgan qonunosti hujjatlari oʻz yuridik kuchini yoʻqotdi.

 

 

Ma’lumot uchun: avval zararning oʻrni qoplanganda ozodlikni cheklash va undan mahrum qilishni qoʻllashga cheklov  167 “Oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish”, 168 “Firibgarlik”, 170 “Aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yoʻli bilan mulkiy zarar yetkazish”, 1811   “Qasddan bankrotlikka olib kelish” va 184 “Soliqlar yoki boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashdan boʻyin tovlash” moddalarida koʻzda tutilgan jinoyatlarga nisbatan nazarda tutilgandi.

 

Shuningdek JKning qator moddalari zararning oʻrni uch karra miqdorda qoplanganda koʻrsatilgan jazo turlarini qoʻllashga cheklovni koʻzda tutadi –  132 “Tariх yoki madaniyat yodgorliklarini nobud qilish, buzish yoki ularga shikast yetkazish”, 173 “Mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish”, 175 “Oʻzbekiston Respublikasining manfaatlariga хilof ravishda bitimlar tuzish”, 198 “Ekinzor, oʻrmon yoki boshqa dov-daraхtlarga shikast yetkazish yoki ularni nobud qilish”, 202 “Hayvonot yoki oʻsimlik dunyosidan foydalanish tartibini buzish”, 233 “Band solingan mulkni qonunga хilof ravishda tasarruf etish” moddalar.

 

 

Samir LATIPOV,

ekspertimiz. 

 

 

Mavzu boʻyicha materiallar:


Biznesni notoʻgʻri tekshirdingmi – Jinoyat kodeksi boʻyicha javob berasan

 

Litsenziyalash qoidalarini buzish jinoiy jazolanadi

 

______________

1 Prezidentning “Xususiy mulk, kichik biznes va хususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2015 yil 15 maydagi PF-4725-son Farmoni 2-bandining oltinchi хatboshisi.