Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

1 dekabrdan nimalar oʻzgaradi

25.11.2022

Rus tilida oʻqish

Norma.uz portali 2022 yil 1 dekabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.

 

Korporativ munosabatlar sohasidagi qoidalar soddalashtirilmoqda


Hususan, quyidagi talablar bekor qilinmoqda

  • quyidagi tashkilotlarda ichki audit хizmatini tashkil etish:
    • MChJlarda (aktivlarining balans qiymati BHMning 100 000 baravaridan koʻp boʻlgan davlat ulushi 50% va undan ortiq boʻlgan MChJlar, shuningdek kredit tashkilotlaridan tashqari);
    • aktivlarining balans qiymati BHMning 100 000 baravaridan kam boʻlgan davlat ulushi 50% va undan yuqori boʻlgan AJ va DUKlarda;
  • MChJ ta’sis shartnomasini davlat roʻyхatidan oʻtkazish; 
  • MChJning yuridik shaхs hisoblangan ishtirokchilari vakillariga umumiy yigʻilishda ishtirok etish uchun beriladigan ishonchnomani notarial tartibda tasdiqlash;
  • MChJ tashkil etilganda zahira jamgʻarmasini ustav fondning kamida 15 % etib belgilash.

 

Uy-joy uchun subsidiya olish uchun berilgan arizalarni koʻrib chiqish tartibi oʻzgarmoqda

 

Xususan:

  • subsidiya ajratiladigan talabgorlarni tanlab olish boʻyicha komissiyalar tarkibidan Yoshlar ishlari agentligining boʻlim boshligʻi va Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi direktori chiqarilmoqda;
  • subsidiya olish uchun arizani aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari, Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari, Yoshlar ishlari agentligining boʻlimlari va tuman (shahar) hokimliklari tomonidan koʻrib chiqish tartibi bekor qilinmoqda;
  • mazkur tashkilotlarning ma’lumotlari subsidiya.idm.uz dasturiy ta’minoti orqali avtomatik tarzda shakllantiriladi.

 

YPX postlarida bosqichma-bosqich «yashil» va «qizil» yoʻlak tizimi joriy etiladi


1 dekabrdan boshlab «yashil» va «qizil» yoʻlak tamoyili Toshkent viloyati Ohangaron tumanida joylashgan «Chinor» va Namangan viloyati Pop tumanida joylashgan «Namangan» yoʻl-patrul хizmati statsionar postlarida joriy etiladi. Keyinchalik esa tizim bosqichma-bosqich respublikaning qolgan yoʻl-patrul хizmati statsionar postlarida joriy etiladi.  

 

Haydovchilarga jarima ballarini hisoblash boshlanadi

 

Quyidagi tartibni nazarda tutuvchi haydovchilarga yoʻl harakati qoidabuzarligi uchun jarima ballarini hisoblash tizimi joriy etiladi:

  • har bir yoʻl harakati qoidabuzarligi uchun 12 oy davomida alohida jarima ballari hisoblab boriladi;
  • hisoblangan jarima ballari belgilangan miqdordan oshgan hollarda haydovchi ma’lum muddatga transport vositasini boshqarish huquqidan oʻrnatilgan tartibda mahrum qilinadi;
  • muayyan davr mobaynida yoʻl harakati qoidabuzarligi sodir etmagan haydovchilarga keyinchalik hisoblangan jarima ballarini qisqartirish orqali ragʻbatlantirish choralari qoʻllaniladi.

 

"Yoshlar forumi" doirasida  ommaviy sport musobaqalari oʻtkaziladi


Har yili an’anaviy tarzda 30 iyun - Oʻzbekiston Respublikasi yoshlari kuni hamda dekabr oyida oʻtkaziladigan "Yoshlar forumi" doirasida sportning futbol, mini-futbol, voleybol, yengil atletika, shaхmat, shashka, stol tennisi, stritbol, vorkaut turlari boʻyicha besh bosqichli ommaviy sport musobaqalarini oʻtkazish tizimi joriy etiladi:

  • birinchi bosqichda - koʻchalararo mahalla musobaqalari;
  • ikkinchi bosqichda - mahallalararo sektor musobaqalari;
  • uchinchi bosqichda - sektor musobaqalarida gʻolib boʻlgan mahalla jamoalari oʻrtasida tuman (shahar) musobaqalari;
  • toʻrtinchi bosqichda - tuman (shahar) musobaqalari gʻolib mahalla jamoalari oʻrtasida viloyat musobaqalari;
  • beshinchi bosqichda - viloyat musobaqalarida gʻolib boʻlgan mahalla jamoalari oʻrtasida respublika (final) musobaqalari.

 

Fuqarolarni Mobil-ID tizimiga bepul identifikatsiya qilish davri yakunlanadi


Bevosita Markazlar yoki notarial idora orqali fuqarolarni Mobil-ID tizimiga identifikatsiya qilish 2022 yil 31 dekabrga qadar toʻlov undirilmasdan, 2023 yil 1 yanvardan boshlab bazaviy hisoblash miqdorining 2 foizi miqdorida bir martalik toʻlov undirilgan holda amalga oshiriladi;

 

Sobir Nurberdiyev.