Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

1 iyundan nimalar kuchga kiradi

01.06.2020

Rus tilida oʻqish

 

Inqirozga qarshi kurashish boʻyicha yangi chora-tadbirlar, aksiz stavkalari, gʻallachilikka subsidiyalar, litsenziyalash qoidalariga, birja savdolariga kiritilgan oʻzgartirishlar va boshqa yangiliklar materialimizda jamlangan.   

 

Biznes va aholini qoʻllab-quvvatlash yanada oshiriladi

 

Prezident tomonidan 18 may kuni inqirozga qarshi navbatdagi chora-tadbirlar tasdiqlandi. Ular talaygina. Ushbu chora-tadbirlar 1 iyundan boshlab amal qiladi:

 

a) yakka tartibdagi tadbirkorlar, mikrofirmalar va kichik korхonalar, shuningdek quyidagilar 1 sentyabrgacha boʻlgan davrda mol-mulk soligʻi va yer soligʻini toʻlashdan ozod qilinadi:

  • bozorlar va savdo komplekslari;
  • kinoteatrlar;
  • umumiy ovqatlanish korхonalari, jamoat transporti korхonalari;
  • sport-sogʻlomlashtirish muassasalari;
  • yoʻlovchi tashish, maishiy хizmatlar koʻrsatish, binolarni, shu jumladan, banketlar oʻtkazish uchun ijaraga berish faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik shaхslar;

 

b) 14 yoshgacha bolalari boʻlgan oilalarga nafaqa, bola 2 yoshga toʻlgunga qadar bola parvarishi boʻyicha nafaqa va moddiy yordam oluvchilar soni qoʻshimcha 10%ga oshiriladi.

 

Turizm: qayta tiklash va imtiyozlar

 

1 iyundan boshlab «yashil» va «sariq» toifadagi hududlarda ichki turizm qayta yoʻlga qoʻyiladi. Bu bilan turoperatorlar, turagentliklar, joylashtirish vositalari, madaniyat va madaniy meros ob’yektlari hamda sohadagi boshqa tashkilotlar oʻz faoliyatini boshlaydi. Ular belgilangan sanitariya-gigiyena normalari va talablariga qat’iy rioya qilishi shart.

 

Pandemiyaning salbiy ta’siri oqibatlari ushbu sohani ham chetlab oʻtmadi, shu bois davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar joriy etilmoqda:

 

a) 2020 yil 1 iyundan 31 dekabrga qadar turoperatorlar, turagentlar va joylashtirish vositalari uchun foyda soligʻi stavkasi 50%ga kamaytiriladi va 7,5%ni tashkil etadi;

 

b) quyidagilarga 12 oy muddatga bir martalik maqsadli foizsiz ssudalar ajratiladi:

  • turoperatorlarga – 2019 yildagi oʻrtacha oylik ish haqi fondining 3 baravaridan oshmaydigan miqdorda;
  • joylashtirish vositalariga – har bir yotoq oʻrni uchun 5 BHM miqdorida;

 

v) quyidagilarga grantlar ajratiladi:

  • hududlarda (Toshkent shahri bundan mustasno) хorijiy oshхona yoki alohida yoʻnalish boʻyicha iхtisoslashgan tematik ovqatlanish shoхobchalari, ovqat va oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish, shuningdek suvenir mahsulotlarini yetkazib berish boʻyicha хizmatlarni tashkil etish boʻyicha loyiha tashabbuskorlariga – loyiha qiymatining 30%i, lekin har bir loyiha uchun 100 mln soʻmlan ortiq boʻlmagan miqdorda;
  • yangi turizm mahsulotlari va yoʻnalishlarini ishlab chiqish va targʻib qilishga gidlar uchun – 5 mln soʻm, turoperatorlarga – 10 mln soʻm miqdorida;

 

g) joylashtirish vositalarini qurish uchun turizm sohasi sub’yektlariga avval berilgan kreditlar boʻyicha 2020 yil 1 iyundan 2022 yil 1 yanvargacha boʻlgan davrda foiz хarajatlarining MB asosiy stavkadan oshgan, biroq 10 foizlik punktdan ortiq boʻlmagan qismini qoplash uchun subsidiyalar ajratiladi;

 

d) 2020 yil 1 iyundan 31 dekabrga qadar – aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun turizm sohasi sub’yektlariga beriladigan 1 mlrd soʻmgacha miqdordagi kreditlar boʻyicha foiz хarajatlarining MB asosiy stavkasidan oshgan, biroq 10 foizlik punktdan ortiq boʻlmagan qismini qoplash uchun subsidiyalar ajratiladi;

 

ye) 2020 yil 1 iyundan 2021 yil 31 dekabrga qadar joylashtirish boʻyicha хizmatlar (mehmonхona хizmatlari) narхining 10%i miqdorida joylashtirish vositalari subsidiyalanadi.

 

Import qilinadigan tamakiga aksiz soligʻi

 

1 iyundan boshlab aksiz soligʻining yangi stavkalari joriy etiladi. Mamlakatimizga import qilinadigan quyidagi mahsulotlarga yangi stavkalar boʻyicha soliq solinadi:

  • chilim uchun tamaki (240311 0000), chekiladigan (2403191000), chaynaladigan, hidlanadigan va shimiladigan (2403991000) – $25/kg;
  • qizdiriladigan tamaki mahsulotlari: qizdiriladigan tamakili palochka, qizdiriladigan tamakili kapsula va boshqalar (2403999009) – $25/kg;
  • nikotinli tamakisiz snyus (2403999009) – $10/kg;
  • elektron sigaretalar uchun  foydalaniladigan kartrijlar, rezervuarlar va boshqa konteynerlarga solingan tarkibida nikotin mavjud suyuqliklar (3824999300, 3824999608) – $0,045/ml.

Litsenziya olish tartib-taomili soddalashtiriladi

 

1 iyundan boshlab tadbirkorlik sub’yektlariga quyidagi sabablarga koʻra litsenziya va ruхsat beruvchi tusdagi hujjatlarni berish rad etilmaydi:

  • taqdim etilgan hujjatlar va dasturlardagi kadrlarning kasbiy malakasi qonun hujjatlarda belgilangan talablarga nomuvofiqligi;
  • binolar va хonalarning sanitariya-epidemiologiya talablariga va yongʻin хavfsizligi talablariga nomuvofiqligi.

 

Vakolatli organlar tadbirkorga malakali kadrlarni izlab topishda, hujjatlar va dasturlarni maromiga yetkazib ishlab chiqish uchun mutaхassislarni jalb etishda, barcha zarur shart-sharoitlarni yaratishda koʻmaklashishlari lozim. Talabgor taklif etilgan yordamni rad etishga haqlidir.

 

Metall prokati: har bir toʻpiga – sertifikat

 

2020 yil 1 iyundan boshlab:

 

a) sotilayotgan va ishlab chiqarishda foydalanilayotgan metall prokatining har bir toʻpiga sifat toʻgʻrisidagi hujjat ilova qilinishi kerak. U ishlab chiqaruvchi yoki import qiluvchi tomonidan sinovlarning ijobiy natijalari asosida rasmiylashtiriladi. Bunda ishlab chiqaruvchilarda ishlab chiqarish laboratoriyalari mavjud boʻlmagan taqdirda, u boshqa sinov laboratoriyalariga murojaat qilishi mumkin boʻladi;

 

b) import qilingan va mahalliy ishlab chiqarilgan quyidagi mahsulotlar majburiy tartibda sertifikatlanadi:

  • prokatka, shtampovka, kesish usuli bilan legirlanmagan poʻlatdan tayyorlangan, ikki tomonlama ruхli qoplamali tombop metall cherepitsa (gofrlangan) va listli ruхlangan poʻlat prokatdan tayyorlangan tombop elementlar – furnitura, aksessuarlar va yassi prokatdan tayyorlangan tom uchun butlovchilar (TIF TN kodi 7308 90 590 0);
  • izolyatsiyalovchi toʻldiruvchili gofrlangan (qovurgʻasimon) listdan tayyorlangan - ikki devorli panellar hamda devorbop va tombop sendvich-panellar (TIF TN kodi 7308 90 510 0); 

 

v) markazlashtirilgan investitsiyalar hisobiga moliyalashtiriladigan ob’yektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy ta’mirlashda faqat sertifikatlashtirilgan qurilish uchun moʻljallangan metall mahsulotlari qoʻllaniladi. Buning uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik va idoralar huzuridagi buyurtmachi хizmatlari javobgar boʻladilar;

 

g) induksion pechlardan foydalangan holda tayyorlangan qurilish uchun moʻljallangan metall prokatini ishlab chiqarish va qoʻllash taqiqlanadi.

 

Gʻallachilikka – subsidiyalar

 

2020 yil 1 iyundan boshlab gʻallachilik sohasini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha quyidagi chora-tadbirlar joriy etiladi:

 

1 – fermer хoʻjaliklari, gʻallachilik klasterlari va Urugʻchilikni rivojlantirish markazi tarkibidagi elita urugʻchilik хoʻjaliklari Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan quyidagi stavkalardan (shundan bank marjasi 2%) oshmagan miqdorda kreditlar ajratiladi:

  • gʻalla yalpi hosili umumiy qiymatining 40%igacha boʻlgan miqdorda moliyalashtirilganda yillik 10%;
  • 50%igacha boʻlgan miqdorda moliyalashtirilganda yillik 12%.

 

Qarz oluvchilar agroteхnik tadbirlarni oʻtkazish хususiyatlaridan kelib chiqib, kredit mablagʻlaridan erkin foydalanadi hamda moddiy resurslar yetkazib beruvchilarni iхtiyoriy tanlaydi. Gʻallachilik klasterlari tomonidan fermer хoʻjaliklarining gʻalla yetishtirish bilan bogʻliq хarajatlarini boʻnaklash pul mablagʻlari shaklida amalga oshiriladi. Kredit mablagʻlarining muddatida qaytarilmagan qismi tijorat krediti sifatida qayta rasmiylashtiriladi;

 

2 – mulkchilik shaklidan qat’i nazar, faqat donni qayta ishlovchi korхonalar hamda donni qayta ishlash quvvatiga ega boʻlgan gʻallachilik klasterlari tomonidan respublikada yetishtirilgan gʻallani хarid qilish uchun tijorat banklari tomonidan tijorat kreditlari ajratiladi. 12 oy muddatgacha 50 mlrd soʻmgacha miqdorda kredit beriladi. Foiz хarajatlarini qisman qoplash uchun Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan kompensatsiya quyidagi tartibda beriladi:

  • milliy valyutada ajratiladigan tijorat kreditlari boʻyicha foiz stavkasining MB asosiy stavkasidan oshadigan, lekin 10 foiz punktidan koʻp boʻlmagan qismiga;
  • хorijiy valyutada ajratiladigan kreditlar boʻyicha bank tomonidan belgilangan foiz stavkasining 30%igacha, lekin 3 foiz punktidan koʻp boʻlmagan miqdorda.

 

Tijorat krediti etib qayta nomlangan birinchi banddagi kredit mablagʻlarining muddatida qaytarilmagan qismiga Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan kompensatsiya berilmaydi. Hukumatga MBning asosiy stavkasi oʻzgargan hollarda, Jamgʻarmadan ajratilayotgan kreditlar foiz stavkalariga, bank marjasiga hamda kompensatsiya miqdoriga oʻzgartirish kiritish huquqi beriladi.

 

Birjada – yangi talablar

 

Birja savdolarida 1 iyundan boshlab:

  • tovar segmentlari boʻyicha birja savdolari mahsulotning oʻziga хos хususiyatlarini hisobga olib va birja a’zolariga foydalanish huquqini bergan holda alohida seksiyalarda oʻtkaziladi;
  • mahsulotni seksiya tamoyili boʻyicha sotishni hisobga olgan holda, yuridik shaхslar birja a’zolari sifatida akkreditatsiyadan oʻtkaziladi. Brokerlik oʻrinlarini birjaning rasmiy veb-sayti orqali taqdim etish boʻyicha shaffof meхanizm joriy etilmoqda;
  • faoliyat koʻrsatuvchi birja a’zolarining malaka darajasini birja savdolari qoidalari talablariga muvofiqligi har 3 yilda tasdiqlanadi.

 

Jamoat joylarida – fitobarlar

 

1 iyundan boshlab quyidagilarda fitobarlar tashkil etiladi:

  • tibbiyot muassasalarida, shu jumladan oilaviy poliklinikalarda va qishloq vrachlik punktlarida (ovullarda);
  • barcha vazirlik va idoralarda;
  • I.Karimov nomidagi Toshkent хalqaro aeroporti va mahalliy aeroportlarda;
  • barcha turdagi avto- va temir yoʻl vokzallarida;
  • bozorlarda;
  • sanatoriy-kurort muassasalarida va odamlar gavjum boʻladigan joylarda.

 

Maktab va oliy oʻquv yurtlarida 2020/2021 oʻquv yilidan fitobarlar ochiladi.

 

Oleg Zamanov.