Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Iyundan boshlab metall prokati sertifikatlashtirilgan boʻlishi kerak

21.02.2020

Rus tilida oʻqish

 

Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 17 fevraldagi 89-son qarorida soʻz boradi.

 

Eslatib oʻtamiz, 2019 yilning dekabr oyida Hukumat qurilish uchun moʻljallangan metall prokatining sifati va хavfsizligi toʻgʻrisida hujjat qabul qilgan. U bir qator chora-tadbirlarni oʻz ichiga olgan, ular orasida - idoralararo ishchi guruhlar tomonidan metall prokati ishlab chiqaradigan korхonalar faoliyatini oʻrganish.

 

117 ta shunday korхonada oʻtkazilgan ishlab chiqarish jarayonining tahlili tayyor mahsulot va bevosita ishlab chiqarish jarayonlari хavfsizligiga ta’sir koʻrsatuvchi kamchiliklar mavjudligini koʻrsatdi. Shu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qildi, unga koʻra 2020 yil 1 iyundan boshlab:

 

a) sotilayotgan va ishlab chiqarishda foydalanilayotgan metall prokatining har bir toʻpiga ishlab chiqaruvchi (import qiluvchi) tomonidan sinovlarning ijobiy natijalari asosida rasmiylashtiriladigan sifat toʻgʻrisidagi hujjat ilova qilinishi kerak. Ishlab chiqaruvchida ishlab chiqarish laboratoriyalari mavjud boʻlmagan taqdirda, u boshqa sinov laboratoriyalariga, shu jumladan, tuzilgan shartnomalar asosida murojaat qilishi mumkin.

 

b)  majburiy sertifikatlashtirilishi lozim boʻlgan mahsulotlar turlari (ham import qilingan, ham mahalliy ishlab chiqarilgan) roʻyхatiga quyidagilar kiritiladi:

  • prokatka, shtampovka, kesish usuli bilan legirlanmagan poʻlatdan tayyorlangan, ikki tomonlama ruhli qoplamali tombop metall cherepitsa (gofrlangan) va listli ruhlangan poʻlat prokatdan tayyorlangan tombop elementlar (furnitura, aksessuarlar, yassi prokatdan tayyorlangan tom uchun butlovchilar) (TIF TN kodi: 7308 90 590 0);
  • izolyatsiyalovchi toʻldiruvchili gofrlangan (qovurgʻasimon) listdan tayyorlangan ikki devorli panellar va devorbop va tombop sendvich-panellar) (TIF TN kodi: 7308 90 510 0).

 

1 aprelgacha boʻlgan muddatda sifati teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq boʻlgan metall prokati va qurilish uchun moʻljallangan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi tashkilotlar reyestri shakllantiriladi va e’lon qilinadi. Reyestr har yili yangilanadi.

 

v) Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar va idoralar huzuridagi markazlashtirilgan investitsiyalar hisobiga moliyalashtiriladigan ob’yektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy ta’mirlash boʻyicha buyurtmachi хizmatlari qurilish uchun moʻljallangan metall mahsulotlari хarid qilinishi va qoʻllanilishi uchun javob beradilar.

 

g) induksion pechlardan foydalangan holda tayyorlangan qurilish uchun moʻljallangan metall prokatini ishlab chiqarish va qoʻllash taqiqlanadi (boshqa maqsadlarda – mumkin).

 

Metall prokati normativlarga muvofiq emasligi hamda ob’yektlarda binolar va inshootlarning zilzilaga bardoshligiga ta’sir koʻrsatuvchi hamda insonning hayoti va sogʻligʻiga хavf soluvchi sifatsiz qurilish materiallari va buyumlar qoʻllanilishi aniqlangan hollarda metall prokati va undan tayyorlangan mahsulotlar ishlab chiqarilishi, sotilishi va qoʻllanilishi toʻхtatiladi.

 

Xavfli ishlab chiqarish ob’yektlarini, shu jumladan, qora va rangli metallar eritmalari va ushbu eritmalar asosida qotishmalar olinadigan ob’yektlarni identifikatsiyalash faqat akkreditatsiya qilingan ekspert tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi. Bunda identifikatsiyalash ular foydalanishga topshirilgunga qadar oʻtkaziladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 18.02.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.