Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Import qilingan, tarkibida nikotin boʻlgan barcha mahsulotlarga aksiz soligʻi solinadi

08.04.2020

Rus tilida oʻqish

 

2020 yil 1 iyundan boshlab import qilinadigan, tarkibida nikotin boʻlgan mahsulotlar uchun aksiz soligʻining yangi stavkalari joriy etiladi (6.04.2020 yildagi PQ–4665-son qarorga qarang).

 

Ayni paytda mamlakatimizga import qilinadigan quyidagi tamaki mahsulotlariga (qavsda TIF TN kodi koʻrsatilgan) aksiz soligʻi solinadi:

  • sigaralar, uchlari kesilgan sigaralar va tarkibida tamaki boʻlgan sigarillalar (2402 10 000 0) – 1 donasi $0,42;
  • tarkibida qalampirmunchoq boʻlgan sigaretalar (2402 20 100 0) – 1000 donasi $18,2;
  • tarkibida tamaki boʻlgan boshqa sigaretalar (2402 20 900 0) – 1000 donasi $45.

 

Biroq soʻnggi paytda aksiz soligʻi solinmaydigan yangi pozitsiyadagilarini olib kirish hollari koʻp kuzatilmoqda. Masalan, ilitiladigan tamaki solinadigan buyumlar va tarkibida nikotin boʻlgan suyuqlik juda ommalashdi.

 

Aholini tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish oqibatlaridan himoya qilish va ular bilan noqonuniy savdo qilish hollarini bartaraf etish maqsadida 1 iyundan boshlab «import» aksizning quyidagi stavkalarini joriy etishga qaror qilindi:

  • chilim uchun tamaki (2403 11 000 0), chekiladigan (2403 19 100 0), chaynaladigan hidlanadigan va soʻriladigan (2403 99 100 0) – $25/kg;
  • ilitiladigan tamaki solinadigan buyumlar: ilitiladigan tamaki choʻpi, ilitiladigan tamakili kapsula va b. (2403 99 900 9) – $25/kg;
  • nikotinli tamakisiz snyus (2403 99 900 9) – $10/kg;
  • kartrijlardagi, rezervuarlardagi va elektron sigaretalarda foydalanish uchun boshqa konteynerlardagi tarkibida nikotin boʻlgan suyuqlik (38 24 99 930 0, 38 24 99 960 8) – $0,045/ml.

 

Hukumat tamaki, chilim, elektron sigaretalar, ilitiladigan tamaki solinadigan buyumlar va tarkibida nikotin boʻlgan mahsulotlar aylanmasini tartibga solishga doir qonun loyihasini uch oy muddat ichida Oliy Majlisga kiritishi shart.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida 7.04.2020 yilda e’lon qilingan.

 

Oleg Zamanov.