Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

2020 yilda naqd pul aylanmasi qancha boʻlgan

23.01.2021

Rus tilida oʻqish

Markaziy bank oʻtgan yil yakunlari boʻyicha mamlakatdagi naqd pul muomalasi toʻgʻrisidagi tahliliy sharhni e’lon qildi.

 

2020 yilda banklar orqali naqd pul aylanmalari pandemiya sharoitida joriy etilgan karantin davrida iqtisodiy faollikning pasayishi va karantindan soʻng qayta jonlanishi ta’sirida shakllandi.

 

2020 yilda banklar orqali naqd pul aylanmasi hajmi 360,1 trln soʻmni tashkil etdi va bu koʻrsatkich 2019 yilga nisbatan 25,4 foizga oshdi. Jumladan, banklar kassalariga naqd pul tushumlari 179,9 trln soʻmni, oʻz navbatida, chiqim qilingan naqd pullar 180,2 trln soʻmni tashkil etdi.

 

Choraklar kesimida banklar kassalariga naqd pul tushumlari ikkinchi chorakda ancha kamaygan boʻlsa, toʻrtinchi chorakda (ikkinchi chorakka nisbatan 76%ga) koʻpaydi. Naqd pul tushumlarining oʻsish hajmining qariyb 12,4 trln soʻmi savdo va pullik хizmatlardan, 6,2 trln soʻmi bank хizmatlari boʻyicha tushumlar hissasiga toʻgʻri keldi.

 

2020 yilda banklar kassalari (shu jumladan bankomatlar) orqali chiqim qilingan naqd pullar 2019 yilga nisbatan qariyb 25%ga oshishi kuzatilgan boʻlsa, mazkur holat asosan bank kartalaridan naqd pul yechish hajmining 25,6 trln soʻmga (1,7 barobar) oʻsishi hisobiga yuzaga keldi.

 

Natijada banklardan berilgan naqd pullar tarkibidan bank kartalaridan yechib olingan naqd mablagʻlar ulushi 25%dan 34%ga yetdi. Bunga ish haqi va ijtimoiy toʻlovlarning bank kartalari orqali toʻlash hajmi ortganligi sabab boʻldi.

 

Xususan, 2020 yil yanvar oyida pensiya toʻlovlarining 17%i, ish haqi toʻlovlarining 66%i bank kartalari orqali toʻlangan boʻlsa, yilning oхirgi dekabr oyida esa pensiya toʻlovlarining 31%i hamda ish haqi toʻlovlarining 83%i bank kartalariga oʻtkazildi.

 

2020 yilda bank kartalariga jami 180,5 trln soʻmlik mablagʻlar kelib tushib, ushbu davrda bank kartalaridagi 62,2 trln soʻmlik (34,4%) mablagʻlar aholi tomonidan naqdlashtirib olingan.

 

2020 yil davomida muomalaga chiqarilgan naqd pullar tarkibida ularning soʻmdagi miqdori boʻyicha 100 000 soʻmlik banknotlar ulushi – 27,3%ga yetgan boʻlsa, 50 000 soʻmlikning ulushi – 38,8%ga, 10 000 soʻmlikning ulushi – 15,7%ga, 5000 soʻmlik – 16,1%ga tushdi.

 

Buning natijasida muomalaga chiqarilgan banknotlar soni 1,1 mlrd donaga (31%ga) kamaydi. Bu aholi uchun naqd puldagi toʻlovlarda qulayliklar yaratishga хizmat qiladi.

 

Chakana savdo va aholiga pullik хizmatlar sohasidagi hisob-kitoblarda qaytim pullari (mayda pullar) sifatida foydalanish uchun 2020 yil davomida qoʻshimcha 17,1 mlrd soʻmlik yangi tangalar muomalaga chiqarilib, ularning muomalada boʻlgan jami naqd pullar tarkibidagi miqdoriy salmogʻi 0,08%dan 0,13%ga yetdi.  

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_