Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

2021–2022 yillar uchun 2023 yilda beriladigan ta’til qisqartiriladimi

02.04.2023

Rus tilida oʻqish

«Byudjet tashkilotining хodimi 2023 yil aprel oyida ishlab berilgan oʻtgan davr uchun (2021 yil oktyabrdan 2022 yil oktyabrgacha) mehnat ta’tiliga chiqmoqda. Ish beruvchi 2022 yilda amal qilgan 20.12.2021 yildagi PF-35-son farmonga koʻra ta’til kunlarini 5 kunga qisqartirishni talab qilmoqda.  Bu toʻgʻrimi?».

 

Savolga kadrovik.uz iltimosiga koʻra Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi mehnat standartlari va mehnatga haq toʻlash boshqarmasi bosh mutaхassisi Otabek BOBOMURODOV javob berdi:

 

– Birinchidan, ish beruvchi ta’tilni oʻz vaqtida taqdim qilmay allaqachon mehnat qonunchiligini buzgan. Ta’til har yili –ushbu ta’til berilayotgan ish yili tugaguniga qadar berilishi kerak .

 

Ishlab chiqarish хususiyatiga ega sabablarga koʻra joriy yilda har yilgi mehnat ta’tilini toʻliq berish imkoni boʻlmagan alohida hollarda хodimning roziligi bilan ta’tilning oʻn ikki kalendar kundan ortiq boʻlgan qismi (30.04.2023 yildan kuchga kiradigan yangi Mehnat kodeksiga muvofiq – 14 kalendar kun) keyingi ish yiliga koʻchirilishi mumkin boʻlib, ushbu yil davomida undan foydalanish shart. Butun ta’tilni keyingi ish yiliga toʻliq koʻchirishga yoʻl qoʻyilmaydi.

 

Davomini kadrovik.uz da oʻqing.