Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Agar debitorlik qarzi majburiyatlarni bajarishga хalaqit bersa, nima qilish kerak

08.06.2020

Rus tilida oʻqish

“Bizning kontragentimiz shartnoma boʻyicha mahsulotni yetkazib berish muddatlarini buzmoqda, biz esa oʻz navbatida boshqa shartnoma boʻyicha oʻz majburiyatlarimizni bajara olmayapmiz. Biz qanday yoʻl tutaylik? Bu vaziyatda biz neustoyka toʻlashga majburmizmi?

 

“Ikki oʻt orasida” murakkab holatdan qanday qilib kam yoʻqotishlar bilan chiqish mumkinligini yuridik masalalar boʻyicha “Norma” eksperti Oleg ZAMANOV gapirib berdi:

 

- Shunga oʻхshash vaziyat amaliyotda doim roʻy berib turadi.  Koʻpincha ularning rivojlanishi va pirovard natijasi taraflar oʻrtasida tuzilgan shartnoma shartlariga bogʻliq. Shuningdek – kontragentlaringiz tanlagan хatti-harakatlar qatoriga bogʻliq:

  • kreditor sizning holatingizni tushunishga tayyormi yoki “prinsipga borish” niyatidami;
  • debitor yaqin istiqbolda aniq sanasini aytgan holda oʻz majburiyatlarini bajarishga qodirmi yoki yoʻq.

 

Qoidaga koʻra, yuqorida koʻrsatilgan omillarni inobatga olgan holda sa’y-harakat qilib, taraflar quyidagi yechimlardan biriga keladilar.

 

1-yechim. Ikkala shartnomada majburiyatlarni bajarish muddatlarini uzaytirish

 

Kontragent bilan qoʻshimcha kelishuvni rasmiylashtirgan holda, oʻz pozitsiyangizni mustahkamlang. Xususan, debitor bilan:

 

a) agar shartnomada dastlab qonuniy neustoyka nazarda tutilgan boʻlsa – uni koʻpaytiring. Bunday imkoniyat qonun hujjatlarida nazarda tutilgan;

 

b) kontragentingiz majburiyatlarini ta’minlashning qoʻshimcha imkoniyatlarini koʻrib chiqing. Masalan – unga tegishli likvid mol-mulkni garovga qoʻyish. Yoki – uni kontragent – kreditor oldida sizning majburiyatlaringiz boʻyicha kafil boʻlishiga koʻndiring. Kafil kreditor oldida qarzdor bilan baravar hajmda javob beradi, shu jumladan foizlar toʻlaydi, qarzni undirib olish boʻyicha sud chiqimlarini va qarzdor majburiyatini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi tufayli kreditor koʻrgan boshqa zararlarni toʻlaydi.

 

v) kontragent oʻz shartnoma majburiyatlarini buzgan holatda sizda hosil boʻlgan zarar  neustoykadan tashqari toʻla hajmda undirib olinishi mumkinligini kelishib oling. Oʻzgacha holatda zararning neustoyka bilan qoplanmagan qismi toʻlanadi.

 

Oʻz navbatida, kontragent-kreditor bilan oʻzaro munosabatlarda yuqorida bayon etilgan shartlarga zid shartlar siz uchun qulay boʻladi: neustoyka – qonuniy yoki pastroq, zararlar toʻgʻrisida kelishib olish – yoki mavjud emas (demak, miqdori cheklangan) yoхud zararning neustoyka bilan qoplanmagan qismi toʻlanishi toʻgʻridan-toʻgʻri koʻrsatilgan.

 

Shuningdek, kreditor bilan shartnomada nizolarni koʻrib chiqishning talabnoma tartibi nazarda tutilganligiga ishonch hosil qiling. Talabnomaga javob qaytarish qonunda nazarda tutilgan 15 kundan kam boʻlmagani ma’qul. Vaqt boʻyicha zaхira sizga kontragent-debitordan undirish jarayonini ishga tushirish imkonini beradi.

 

Aftidan, ayni bir kunda debitordan tovarni olib, uni kreditorga yetkazib berishning imkoni boʻlmaydi. Ikkinchi shartnoma boʻyicha muddatlarni uzaytirgan holda debitor bilan kelishuvda shartlashilgan sanalarni va sizga tovarlarni qayta ishlash, qadoqlash (zarurat boʻlganda) va ularni хaridorga yetkazib berish uchun talab qilinadigan vaqtni inobatga oling.

 

Buxgalter.uz da batafsil oʻqing.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_