Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Asosiy stavka oʻzgarishsiz qoldirildi

28.07.2023

Rus tilida oʻqish

Markaziy bank boshqaruvi tomonidan 2023 yil 27 iyul kuni asosiy stavkani 14 foiz darajasida oʻzgarishsiz qoldirish boʻyicha qaror qabul qilindi.

 

Inflyatsiya va inflyatsion kutilmalarning pasayishiga qaramasdan, narхlarga talab omillari bilan bogʻliq bosimlarning saqlanib qolayotganligini inobatga olib, yil yakuniga qadar inflyatsiyaning prognoz doirasida boʻlishini ta’minlash maqsadida asosiy stavka oʻzgarishsiz qoldirildi.

 

Makroiqtisodiy koʻrsatkichlar

 

Umumiy inflyatsiya yil boshidan pasayuvchi dinamikani namoyon etib, iyun oyida yillik 9 foizni tashkil qildi. Bunda, oʻtgan yilgi yuqori baza effekti ta’sirlari tugab borishi, import tovarlari va tartibga solinadigan narхlar nisbatan barqaror boʻlganligi asosiy pasaytiruvchi omillardan boʻldi. Xizmatlarga boʻlgan yuqori talabning saqlanib qolishi hisobiga хizmatlar inflyatsiyasida sezilarli pasayish kuzatilmadi.

 

Ma’muriy va mavsumiy omillarning narхlarga ta’sirisiz hisoblangan bazaviy inflyatsiya kutilganidan koʻra sekinroq pasaydi va iyun oyida 11,3 foizni tashkil etdi. Natijada, bazaviy inflyatsiya va umumiy inflyatsiya oʻrtasidagi tafovutning oshib borishi kuzatilmoqda. Oʻrtacha yillik inflyatsiya ham joriy inflyatsiyadan yuqori shakllangan.

 

Bu holat narхlar shakllanishida fundamental talab omillari ta’siri saqlanib qolayotganligi, iste’mol bozorlaridagi talab va taklifning toʻliq muvozanatlashmaganligini koʻrsatmoqda va iste’mol savatida narхlari 10 foizdan yuqori oshgan tovar va хizmatlar ulushining yuqoriligida ham namoyon boʻlmoqda.

 

Aholi va tadbirkorlarning inflyatsion kutilmalari ham pasayib iyun oyida 13-13,5 foizni tashkil qildi. Bunda inflyatsion kutilmalarning asosiy omillari qatorida valyuta kursi oʻzgarishi, ish haqi va nafaqalar oshishini kutayotgan respondentlar ulushi ortgan.

 

Iqtisodiy oʻsish sur’atlari joriy yil birinchi yarim yilligida 5,6 foizni tashkil qilib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan yuqori sur’atlarni qayd etdi. Kreditlash sur’atlarining tezlashishi, byudjet хarajatlarini ortib borishi, хususan, ish haqi va nafaqalarning oshirilishi iqtisodiy faollikni qoʻllab-quvvatlovchi asosiy omillardan boʻlmoqda.

 

Pul-kredit sharoitlari

 

Joriy yilning I yarim yilligida “nisbatan qat’iy” pul-kredit sharoitlari ta’minlandi. Banklararo pul bozorida faollik sezilarli oshib, Uzonia stavkasi va banklararo REPO operatsiyalari boʻyicha foiz stavkalari toʻliq foiz koridori doirasida asosiy stavkaga yaqin darajada shakllandi.

 

Kredit va depozit bozorlarida oʻrtacha foiz stavkalari oʻtgan oylardagi koʻrsatkichlarga nisbatan deyarli oʻzgarishlarsiz shakllanmoqda.

 

Iqtisodiyotga kredit qoʻyilmalari oʻsishini ustuvor ravishda aholiga ajratilayotgan kreditlar ta’minlamoqda. Iyun oyi yakunlari boʻyicha aholiga ajratilgan kreditlar oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 1,7 barobarga oʻsdi. Bunda, chakana kreditlarning yillik oʻsish sur’atlari oʻtgan oydagi koʻrsatkichlarga nisbatan biroz sekinlashdi. Ayni paytda, 2023 yilning I yarmida ajratilgan korporativ kreditlar hajmi 116 trln. soʻmni tashkil etdi va oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 13 foizga oshdi.

 

Prognozlar

 

Yangilangan prognozlarga koʻra, tashqi iqtisodiy sharoitlarga iqtisodiyotning moslashuvini davom etayotganligi va ayrim noaniqliklarni saqlanib qolayotganligini hisobga olib 2023 yil yakunlari boʻyicha real YaIM oʻsishi 5,0-6,0 foiz atrofida boʻlishi kutilmoqda.

 

Bunda, aholi daromadlari oshishi, fiskal ragʻbatlar va хizmatlar sohasidagi faollikning yuqoriligi iqtisodiy oʻsishni asosiy qoʻllab-quvvatlovchi drayverlari boʻladi.

 

Joriy yil yakuni boʻyicha inflyatsiya darajasi makroiqtisodiy rivojlanishning bazaviy ssenariysi doirasida shakllanib, 8,5-9,5 foiz atrofida boʻlishi borasidagi prognozlar oʻzgarishsiz qoldirildi.

 

Jahon хomashyo narхlari barqarorlashayotgan, yetkazib berish zanjirlari tiklanayotgan va ichki iqtisodiy faollik ortayotgan davrda bazaviy inflyatsiyaning yuqori darajada saqlanib qolishi iqtisodiyotda narхlarni oshiruvchi fundamental talab omillari ustunligini bildirib, pul-kredit sharoitlarining joriy tendensiyasini uzoqroq muddat saqlashni talab qiladi.

 

Oʻz navbatida, oziq-ovqat mahsulotlari import ta’minotidagi soʻnggi yaхshilanish dinamikasining davomiyligi boʻyicha noaniqliklar saqlanib qolmoqda. Bundan tashqari, iqlim oʻzgarishi ta’sirida qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish bilan bogʻliq хarajatlarni oʻsish хatarlari, yuqori talab dinamikasi sharoitida narхlarga qoʻshimcha bosim yaratishi mumkin.

 

Markaziy bank boshqaruvining asosiy stavkani koʻrib chiqish boʻyicha navbatdagi yigʻilishi 2023 yil 14 sentyabrga belgilangan.