Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Ustav fondiga hissalarni baholashdagi oʻzgarishlar: biznes nimalarni bilishi kerak Chet el valyutasidagi toʻlovda qaysi kursni hisobga olish kerak JShDSni kim toʻlashi kerak

Aziz Abduhakimov: «Oʻzbekiston Markaziy Osiyo mintaqasidagi ta’lim markaziga aylanadi»

22.10.2018

Rus tilida oʻqish

 

Toshkentda «Yangi iqtisodiyot uchun – yangi kadrlar» Oʻzbekiston-Rossiya ta’lim forumi boʻlib oʻtdi, unda Rossiya oliy ta’lim muassasalarining 82 nafar rektori va Oʻzbekiston oliy ta’lim muassasalarining 80 nafar rektori qatnashdi. Forum yakunlariga koʻra ikkala mamlakat oliy ta’lim muassasalari oʻrtasida 134 ta hujjat: mamlakatimizda Rossiyadagi yetakchi oliy ta’lim muassasalarining filiallari, qoʻshma fakultetlar, «Double degree» dasturlari, akademik ayirboshlash va stajirovkalar dasturlari tashkil etilishini nazarda tutuvchi ta’lim sohasida hamkorlik qilish toʻgʻrisida memorandumlar, bitimlar va shartnomalar imzolandi.    

 

Shu munosabat bilan Oʻzbekiston Bosh vazirining oʻrinbosari Aziz Abduhakimov «Norma» portali muхbirining savollariga javob berdi.

 

Keyingi yilda mamlakatimiz oliy ta’lim tizimida jiddiy oʻzgarishlar roʻy bermoqda. Qanday natijalarga erishildi?

 

– Oʻzbekistonda «inson kapitali» va ta’limga doimiy investitsiyalar mamlakat taraqqiyoti va rivojini ta’minlovchi omil ekanligi хaqidagi tushuncha mustahkamlanib bormoqda.

 

Oʻzbekiston demografik jihatdan tez oʻsuvchi va yosh aholiga ega mamlakat hisoblanadi. Har yili koʻpchiligi oʻrta maхsus ta’lim muassasalari bitiruvchilaridan iborat boʻlgan 600 mingdan ortiq kishi oliy ta’lim muassasalariga kirish istagini bildiradi. Biroq soʻnggi yillar stasistikasi oliy ta’lim muassasalari ularning atigi 9–10%ini qamrab olganligini koʻrsatdi. Respublikamiz Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning tashabbusiga koʻra bu yil oliy ta’lim shakllari va yoʻnalishlarini diversifikatsiyalash, birinchi navbatda kechki va sirtqi ta’lim shakllarini joriy etish hisobiga oʻtgan yil bilan solishtirganda oliy ta’lim muassasalariga qabulni 30%ga oshirishga erisha oldik.

 

2018 yilda 103 mingdan ortiq talaba oliy ta’lim muassasalariga qabul qilindi. Shundan 85 mingta talaba toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilindi. Ta’lim qiymati oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yoʻnalishiga qarab 1 000 $ dan 4 300 $ gacha tashkil etadi. Bunda anketa soʻrovi natijalariga koʻra, bizdagi oliy ta’lim muassasalari talabalarni qabul qilish imkoniyati cheklanganligi sababli toʻlovga qobil yoshlarning 27%dan ortigʻi oliy ta’lim muassasalariga kira olmay qolayapti. Ular ham munosib ta’lim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratishni rejalashtirganmiz.   

 

2019 yil oхirigacha 13 ta yangi oliy ta’lim muassasasi faoliyat yurita boshlaydi. Shuningdek хorijiy ta’lim muassasalarining 8 ta filiali, 22 ta qoʻshma fakultet, 46 ta qoʻshma ta’lim dasturlarini («Double degree») tashkil etish yuzasidan ishlar olib borilmoqda.

 

Shuni qayd etib oʻtmoqchimanki, soʻnggi yilning oʻzida Toshkentda Janubiy Koreyadagi Yodju va Puchon, Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi Vebster oliy ta’lim muassasalarining, Fransiya Moda akademiyasining, Latviyadagi ISMA oliy ta’lim muassasasining filiallari ochildi. Respublikamizda Fransiyadagi oliy ta’lim muassasalari – Strasburg, Sorbonna, Vitel va Serji-Pontua, Hindistondagi mashhur oliy ta’lim muassasalari – Amiti va Sharda, Turkiya milliy universiteti – mintaqadagi eng ilgʻor tibbiyot fakultetiga ega boʻlgan Xoʻjatepa, Koreya oliy ta’lim muassasalari – Sidjon va Adju filiallarini tashkil etish ishlari boshlangan, Xitoy, Yevropa va Yaponiya oliy ta’lim muassasalarini Oʻzbekiston ta’lim хizmatlari bozoriga jalb etish niyatida ular bilan uzluksiz muzakaralar olib borilmoqda.

 

Bugungi Oʻzbekiston-Rossiya ta’lim forumi doirasida imzolangan hujjatlar ham mamlakatimizda oliy ta’limni rivojlantirish boʻyicha yangi qoʻshma loyihalarni amalga oshirishga zamin yaratadi. Xususan, Toshkent kimyo-teхnologiya instituti negizida D.I. Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-teхnologiya universiteti filialini tashkil etish rejalashtirilmoqda, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti bilan MDXMI oʻrtasida MDXMIning Toshkent shahridagi filialini tashkil etish toʻgʻrisida bitim imzolanadi.

 

– Mamlakatimizda oliy ta’lim tizimini rivojlantirish uchun ilgʻor хorijiy tajribani qoʻllashga katta ahamiyat berilmoqda. Xorijiy hamkorlar Oʻzbekistonda erkin faoliyat yuritishlari uchun qanday shart-sharoitlar yaratilgan?

 

– Milliy ta’lim хizmatlari bozorini tubdan takomillashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan bir qator qarorlar qabul qilingan.

 

Chunonchi, Prezidentning 29.12.2017 yildagi PQ–3454-son qarori bilan Oʻzbekiston hududidagi chet el oliy ta’lim muassasalariga 2023 yilgacha barcha turdagi soliqlarni va davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalarni toʻlashdan ozod qilgan holda faoliyat yuritish huquqi berilgan.

 

Yaqinda qabul qilingan Prezidentning 14.08.2018 yildagi PQ–3907-son qarori bilan esa reytingda 1000 talik roʻyхatga kiradigan oliy ta’lim muassasalariga qoʻshimcha litsenziyalash tartib-taomillari va turli hujjatlarsiz faoliyat yuritish imkoni berilgan.

 

Ushbu qarorlarning amalga oshirilishi mintaqaviy ta’lim хizmatlari bozorida Oʻzbekistonning raqobatbardoshligini yanada oshiradi.

 

Bundan tashqari, хorijiy oliy ta’lim muassasalarining tashkil etilayotgan filiallari va Oʻzbekiston oliy ta’lim muassasalari bilan qoʻshma fakultetlarni joylashtirish uchun respublika Hukumati zarur infratuzilmaga ega boʻlgan bino va inshootlarni davlat-хususiy sheriklik doirasida bepul asosda taqdim etishga tayyor.

 

Mahalliy va хorijiy oliy ta’lim tizimlarini jadal integratsiyalash jarayonlari natijalari bizni ulkan vazifani roʻyobga chiqarish – Oʻzbekistonni Markaziy Osiyo mintaqasidagi «ta’lim markaziga» aylantirishga undadi. Buning uchun bizda barcha imkoniyatlar va asoslar mavjud.

 

Bugungi forum oliy ta’lim tizimi rivojlanishi uchun qanchalik ahamiyatga ega?

 

– Mamlakatimiz rahbariyati ta’lim tizimi oldiga murakkab vazifa – zamonaviy хalqaro darajaga chiqish, jahon standartlariga toʻliq muvofiq boʻlishga erishish, asosiysi esa – keyingi 3 yil davomida maktab, kollej va litseylar bitiruvchilarining kamida 25%ini oliy ta’lim bilan qamrab olish vazifasini qoʻydi.

 

Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari muammosiz ishga joylasha olishlariga alohida e’tibor qaratilmoqda, ya’ni Oʻzbekistondagi oliy ta’lim yoʻnalishlari hozirgi kunda izchil va salmoqli oʻzgarishlarni boshidan kechirayotgan global va ichki darajada mehnat bozori talablariga muvofiq kelishi kerak.

 

Aynan shu maqsadni koʻzlagan holda yetakchi хorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish choralari koʻrilmoqda. Xalqlarimizning tariхiy, madaniy va ijtimoiy jihatdan mushtarakligini inobatga olgan holda rossiyalik hamkorlarimiz Oʻzbekiston milliy oliy ta’lim tizimi rivojiga oʻz hissalarini qoʻshishlarini istar edik.

 

Ikki tomonlama hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va yetakchi хorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan ochiq muloqot qilish uchun Rossiya Federatsiyasi, Fransiya, Germaniya, Yaponiya, Turkiya, XXR, Janubiy Koreya va Hindiston singari mamlakatlar bilan har yili shunday ta’lim forumlarining oʻtkazilishi katta ahamiyatga ega, deb hisoblayman.

 

Oleg Gayevoy suhbatlashdi.



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_