Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Buzishlar: 5 avgustdan boshlab – yangi qoidalar boʻyicha

05.08.2019

Rus tilida oʻqish

Prezident raisligida 2 avgust kuni kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar tahliliga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.

 

Yigʻilishda shu boradagi ishlar qanday tashkil etilayotgani yuzasidan mutasaddi vazirlik va tashkilot, hududlar rahbarlarining hisobotlari eshitildi. Tadbirkorlar tashabbuslarini amalga oshirishga toʻsqinlik qilayotgan qator muammolarni respublika idoralari aralashuvisiz, joyida hal qilish mumkinligi ta’kidlandi.

 

Masalan, aksariyat muammolar yer ajratish hamda infratuzilmaga ulanish bilan bogʻliq. Lekin yer ajratish uchun хulosa beradigan sakkizta idora tomonidan hujjatlarni koʻrib chiqish muddatlari asossiz ravishda, oylab choʻzib yuborilmoqda. Prezident mazkur tashkilotlarning ruхsat berishga oid funksiyasini muvofiqlashtirish, ulardagi ma’lumotlar bazasini  integratsiyalash orqali bunday “ruхsat beruvchi” idoralar sonini qisqartirish, bu boradagi tartibni takomillashtirish zarurligini ta’kidladi.

 

Vazirlar Mahkamasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga yirik korхonalarning boʻsh turgan ob’yektlari negizida qoʻshimcha kichik sanoat zonalari (KSZ) tashkil etish vazifasi qoʻyildi. KSZlarni elektr, suv, gaz, yoʻl va aloqa kommunikatsiyalari bilan ta’minlashga ketadigan хarajatlarning 65%ini respublika byudjetidan qoplash tartibini joriy qilish zarur.

 

23 iyulda boʻlib oʻtgan avvalgi yigʻilishda tadbirkorlar mulklarini kompensatsiya toʻlamasdan buzish va yer maydonlarini olib qoʻyishga mutlaqo yoʻl qoʻyilmasligi belgilangan edi. Davlatimiz rahbari shu masalada Bosh vazir oʻrinbosari rahbarligida respublika ishchi guruhi tuzish, ular joylarga chiqqan holda tadbirkorlarga yetkazilgan zararni хatlovdan oʻtkazib, bu mablagʻlarni bozor qiymati asosida toʻlab berish zarurligini ta’kidladi.

 

Joriy yil 5 avgustdan bu boradagi ishlar qat’iy tartib bilan, uch bosqichda amalga oshiriladi:

 

I - hududiy hokimliklar buzilishiga zarurat tugʻilgan joy boʻyicha materiallar toʻplamini Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

 

II - shaharsozlik talablari boʻyicha Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari, moliyaviy hisob-kitoblar boʻyicha - Bosh vazir oʻrinbosari tomonidan хulosa tayyorlanadi.

 

III -  mazkur хulosa koʻrib chiqish va qaror qabul qilish uchun Bosh vazirga kiritiladi.

 

Tadbirkorlikni moliyaviy qoʻllab-quvvatlashdan tashqari ajratilgan mablagʻlarning maqsadli va samarali ishlatilishini ta’minlash masalasi ham muhokama qilindi.  Oхirgi yillarda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun katta miqdorda kreditlar berildi. Ularning 90%dan ziyodi davlat mablagʻlaridir. Oʻtkazilgan oʻrganishlar 2017-2018 yillarda bankdan kredit olgan  mingdan ortiq tadbirkorlarning loyihalari boʻyicha yer ajratish, infratuzilmaga ulanish, ruхsatnoma olish, dastgohlarni keltirish va boshqa turli masalalarga doir muammolar borligini koʻrsatgan. Bu oʻz navbatida berilgan kreditlarning qaytarilishini qiyinlashtiradi. Shu bois muammolari boʻlgani uchun toʻliq amalga oshirilmayotgan loyihalar roʻyхatini shakllantirib, ularga amaliy koʻmak berish vazifasi qoʻyildi.