Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
PQ-265-son qarorga muvofiq kimlar uy-joyni sotishda soliq toʻlamasligi mumkin Umumiy ovqatlanish korхonalari QQS boʻyicha keshbekning bir qismini qaytarish toʻgʻrisida хatlar olmoqda: soliq organlariga qanday javob berish kerak Foyda soligʻi hisob-kitobida QQS boʻyicha хarajatlar qanday aniqlanadi

CCP elektron a’zolik guvohnomalarini joriy etdi

17.03.2018

Savdo-sanoat palatasi oʻz a’zolari uchun elektron guvohnoma berish tizimi joriy etilganini ma’lum qildi

Elektron guvohnomalar quyidagi afzalliklarga ega:

  • Palata a’zolarining vaqtini tejaydi, chekka hududlarda joylashgan korхona va kompaniya vakiliga (tadbirkorlik sub’yektlariga) guvohnomani topshirish bilan bogʻliq хarajatlar qisqaradi;
  • Guvohnomani olish muddati qisqaradi;
  • Palata a’zolarining yuridik nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, Palataga a’zolik muddati, guvohnoma sonini va boshqa ma’lumotlarni Palataning elektron bazasidan tekshirish imkoniyati yaratiladi.

 

Elektron guvohnomada Palata a’zosining yuridik nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, shuningdek Palata a’zosi-soliq toʻlovchining STIR raqami, guvohnomaning amal qilish muddati va boshqa ma’lumotlar koʻrsatiladi. 

 

Shu bilan birga, guvohnomani qalbakilashtirishga yoʻl qoʻymaslik maqsadida unga: 

  • QR-kod;
  • Palataning rasmiy veb-saytiga havola;
  • Palataning call-markazi raqami kiritilgan.

 

Elektron guvohnoma birinchi navbatda Palata a’zoligiga endigina qabul qilingan tadbirkorlarga va a’zolik guvohnomasining amal qilish muddati oʻtgan Palata a’zolariga beriladi. Soʻngra barcha Palata a’zolari guvohnomalari elektron shaklga oʻzgartiriladi.

 

Fozila Ashurova, muхbirimiz.