Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xorijiy kompaniyaning UFga qoʻshgan mulkiy hissasi soliq solish maqsadida eksport hisoblanadimi 2025 yilda Oʻzbekistonda soliqlar va yigʻimlar: turlari, stavkalari, hisobotlarni taqdim etish va soliqlarni toʻlash muddatlari Mehnat va ish haqi

Davstatqoʻm hisobotlarni topshirish muddatlarini uzaytirdi

19.08.2021

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 10.05.2021 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 dekabrdagi "2021 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida"gi PF-6122-son Farmoniga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi PF-6222-son Farmoni munosabati bilan statistika hisobotining quyidagi shakllarini topshirish muddatlari 2021 yil 8 sentyabrga qadar (8 sentyabr ham kiradi) uzaytiriladi:

  • 12-narx (xarid) shakli “Sanoat korхonasining хarid qilingan moddiy resurslari oʻrtacha narхlari toʻgʻrisida hisoboti”;
  • 12-korxona shakli “Tashkilot faoliyati toʻgʻrisida hisobot”;
  • 12-korxona (sanoat) (12-korxona shakliga ilova) “Hududiy alohida boʻlinmalarga ega boʻlgan yuridik shaхslarning sanoat mahsuloti ishlab chiqarish toʻgʻrisida hisobot”;           
  • 12-korxona (savdo)(12-korxona shakliga ilova) “Hududiy alohida boʻlinmalarga ega boʻlgan yuridik shaхslarning ulgurji va chakana savdo tovar aylanmasi toʻgʻrisida hisobot”;
  • 12-korxona (xizmat) (12-korxona shakliga ilova) “Hududiy alohida boʻlinmalarga ega boʻlgan yuridik shaхslar tomonidan koʻrsatilgan хizmatlar toʻgʻrisida hisobot”.

 

Davstatqoʻm serverlari kechayu kunduz ishlaydi va hisobotlarni belgilangan muddatdan avval yuborish mumkin.