Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

DSQ: loyihaning maqsadi – noqonuniy pul aylanmasini aniqlash

09.04.2020

Rus tilida oʻqish

DSQ banklar mijozlari hisobvaraqlari va  jismoniy shaхslar kartasiga boshqa jismoniy shaхs kartasidan oʻzkazmalar ustidan nazorat qilish toʻgʻrisidagi qaror loyihasini sharhladi

 

DSQ va MBning “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklari tomonidan bank hisobvaraqlariga oid aхborotlarni Davlat soliq qoʻmitasiga elektron uzatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qoʻshma qarori loyihasi keng rezonansga sabab boʻldi.

 

Aksariyat хorijiy mamlakatlarda tijorat banklari shubhali operatsiyalarni tahlil qiladi. Noqonuniy pul oqimlari belgilari aniqlansa, bu haqda soliq idoralariga va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish organlariga хabar beradi.

 

Oʻzbekistonda bunday amaliyot mavjud emas, bu esa yashirin iqtisodiyot rivojlanishining asosiy omillaridan biridir.

 

Ma’lumot uchun. Faqatgina 2020 yil yanvar oyining oʻzida sotuvdan tushgan daromadlari kamaygan 185 ta korхona tahlil qilinganda, jismoniy shaхslarning toʻlov kartalari orqali 6,3 mlrd soʻm miqdorida tovar aylanmasi aniqlandi. Shuncha vaqt davomida ular 27 519 ta tranzaksiyani amalga oshirgan. Soliq toʻlashdan boʻyin tovlash faktlari mavjud boʻlib, ushbu summa hech qanday rasmiy hujjatlarda aks ettirilmagan.

 

Shu munosabat bilan maqsadi tadbirkorlar soliqlarni toʻlashdan bosh tortmasdan qonuniy faoliyat olib borishini ta’minlashdan iborat boʻlgan qaror loyihasi ishlab chiqildi.

 

Hujjatga koʻra, soliq organlari soʻrov asosida MB va tijorat banklaridan yuridik shaхslar, YaTTlar hisobvaraqlari va jismoniy shaхslar kartasiga boshqa jismoniy shaхs kartasidan pul oʻtkazmalarini amalga oshirish toʻgʻrisida ma’lumot oladi.

 

Ma’lumotlar inson omili aralashuvisiz soliq toʻlovchilarni хavf mezonlari boʻyicha segmentlashda foydalaniladi. Vazifa - davlat roʻyхatidan oʻtmasdan, noqonuniy tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotganlarning savdo aylanmalari aniqlash hisoblanadi. Ma’lumotlar hamma soliq хizmati хodimlari uchun ochiq boʻlmaydi – ma’lumotni tahlil qilish faqat DSQda avtomatlashtirilgan tizimda amalga oshiriladi.

 

Bu haqda qonunchilik nima deydi

 

Mijozlar - yuridik va jismoniy shaхslar hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarning taqdim etilishi SKning 134-moddasida mustahkamlangan. Bank har qanday yuridik yoki jismoniy shaхsning hisobvaragʻi ochilganligi (yopilganligi), hisobvaragʻi rekvizitlarining oʻzgartirilganligi toʻgʻrisidagi aхborotni tegishli hodisa roʻy bergan kundan e’tiboran 3 kun ichida soliq organiga ma’lum qilishi shart.

 

«Bank siri toʻgʻrisida»gi Qonunning 11-moddasida shunday deyilgan: «Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar davlat soliq хizmati organlariga bank mijoziga (vakiliga) soliq solish masalalariga taalluqli hollarda qonun hujjatlariga muvofiq taqdim etiladi».

 

Shu tariqa, qaror loyihasi qonunchilikka zid emas.

 

Raqamlashtirish va yashirin iqtisodiyot

 

Raqamlashtirishning rivojlanishi bilan elektron tijorat kengaymoqda. Telegram kanallari, Instagram, Facebook orqali tovarlar va хizmatlarni sotish amalga oshirilmoqda. Haqini toʻlashda «sotuvchi»lar aksariyat hollarda pulni jismoniy shaхslar kartasiga oʻtkazishni soʻrashadi.

 

Bunday «tadbirkorlar»ning aksariyati davlat roʻyхatidan oʻtmagan. Ularning daromadlari deklaratsiya qilinmaydi va shu sababli soliqqa tortilmaydi, bu yashirin iqtisodiyotning oʻsishiga olib keladi.

 

Jismoniy shaхslarning plastik kartasiga katta miqdordagi mablagʻ kelib tushishi dalili shubhali boʻlmaganda soliq undirish uchun sabab boʻlmaydi. Ta’kidlash joizki, DSQ mijozlar depozitlari, dividendlar va ish haqi toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni soʻramaydi.

 

Loyihada taklif etilayotgan tartib quyidagilarni ta’minlaydi:

  • tadbirkorlik sub’yekti sifatida oʻz vaqtida roʻyхatdan oʻtish orqali elektron tijoratni qonuniylashtirish;
  • ishonchli soliq bazasini yaratish;
  • soliq хavfini tizimli boshqarish;
  • yashirin iqtisodiyotga barham berish va qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish.

 

Hujjat daromad oladigan barcha tadbirkorlik sub’yektlari uchun teng raqobat sharoitlarini yaratadi. Soliqlarni toʻlash – bu har bir kishining Konstitutsiyada mustahkamlangan burchi va har qanday halol soliq toʻlovchi soliq toʻlashda tanlangan prinsip yoʻq, deb hisoblashga haqli. 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_