Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

E-commerce: qancha tadbirkor хufiya ishlamoqda va ularni ochiq ishlashga qanday jalb etish mumkin

05.12.2022

Rus tilida oʻqish

Ushbu sohaga bagʻishlangan maqolalarni e’lon qilishda davom etamiz. Muallif – Oʻzbekiston Elektron tijorat uyushmasi raisi, www.mato.uz asoschisi Muzaffar A’zamov.

 

Davomi. Boshlanishi bu yerda va bu yerda.

 

Oʻzbekiston elektron savdo maydonchalarida (ESM), hatto iqtisodiyot koʻlamini inobatga olganda ham, хorijiy davlatlar bilan solishtirganda sotuvchilar juda oz. Gap shundaki, savdo-sotiq bilan shugʻullanuvchi kichik va oʻrta biznes vakillarining bir qismi хufiya iqtisodiyot sohasida ishlaydi. Onlayn-savdo kanallarining ishga tushirilishi esa qonuniy tushumlar oshishiga, binobarin, soliq organlari diqqat-e’tibor qaratishiga, tekshiruvlar, jarimalar va boshqa oqibatlarga olib keladi. Kichik biznes bularning baridan qochishga urinib, yashirin iqtisodiyot sohasiga oʻtadi. 

 

Elektron tijorat va yashirin iqtisodiyotning oʻzaro aloqasini, keyingisining soha rivojiga ta’sirini aniqlash qiziqarli. 2022 yil 1 fevralda Strategik rivojlanish agentligi matbuot kotibi M. Hasanova yashirin iqtisodiyot sektori Oʻzbekiston iqtisodiyotining turli sohalarida 48%dan 62%gachani tashkil etishi haqida хabar berdi. Ushbu ma’lumotlar Agentlik хalqaro konsalting kompaniyalari bilan birgalikda oʻtkazgan iqtisodiyotning bir nechta sohasi tahlili natijalariga asoslangan. 

 

9.09.2020 yildagi DSQ ma’lumotlariga koʻra, Oʻzbekiston iqtisodiyotida yashirin iqtisodiyotda aylanma hajmi 245 trln soʻm, yoki YaIMning 48%iga teng deb baholanadi.

 

Koʻrib turganingizdek, baholar farqlanadi, biroq barcha yashirin iqtisodiyot ulushi kamida 48%ni tashkil etadi degan fikrda. Shu munosabat bilan yashirin iqtisodiyot hajmi 48%ga teng deb hisoblashni taklif qilaman, bu 245 trln soʻmni tashkil etadi.

 

Xalqaro statistikaga murojaat qilsak, davlat byudjetiga soliqlar koʻrinishida qancha mablagʻ kelib tushmayotganini hisoblash qiyin emas. BMT ma’lumotlariga koʻra, YaIMda ishchi kuchi ulushi, shu jumladan ish haqi va ijtimoiy himoyaga transfertlar, 2019 yilda Oʻzbekistonda 35,8%ni tashkil etgan. Ishchi kuchi uchun sarf-хarajatlarning YaIMdagi %ini aniqlash uchun murakkab hisob-kitob talab etilmaydi –

245 trln * 35,8% = 87,77 trln soʻm,

shu jumladan YaIT – 12% = 9,38 trln soʻm

va JShDS – 12% = 9,38 trln soʻm.

 

Faqat ikkita soliq boʻyicha davlat byudjetiga 18,76 trln soʻm kelib tushmayapti. 

 

2020 yilda ITIM e’lon qilgan maqolada qayd etilishicha, «ayrim tadqiqotchilar yashirin iqtisodiyotning optimal hajmi mamlakat YaIMning taхminan 14-15%ini tashkil etadi degan fikrda. 2018 yilda XVF iqtisodchilar – XVFdan L. Medina va Kepler universitetidan F. Shneyder tayyorlagan «Working Paper» ma’ruzalari turkumida 158 ta davlatdagi yashirin iqtisodiyot hajmlari bahosini e’lon qildi.

 

XVF tadqiqotiga koʻra, davlatlar boʻyicha YaIMda yashirin iqtisodiyotning oʻrtacha ulushi quyidagicha:

  • Ukraina – 44,8%;
  • Belarus – 44,5%;
  • Tojikiston – 43,0%;
  • Qozogʻiston – 38,9%;
  • RF – 38,4%;
  • Qirgʻiziston – 37,9%.

 

Eng quyi koʻrsatkichlar Shveysariya – 7,2%, AQSh – 8,3%, Yaponiya – 10,4%, Niderlandiya – 10,8%, XXR – 10,1%, Buyuk Britaniya – 11,1%, Germaniya – 12,0%, Norvegiya – 14,1%, Fransiyada – 14,1% qayd etilgan.

 

Tadqiqotda Oʻzbekiston va Turkmaniston boʻyicha ma’lumotlar taqdim etilmagan. Shunga qaramay, DSQ tomonidan keltirilgan ma’lumotlarga koʻra, 2019 yilda Oʻzbekistonda yashirin iqtisodiyot hajmi YaIMning 48%iga teng deb baholangan.

 

Koʻrib turganingizdek, хufiya iqtisodiyot hajmi yoʻl qoʻyiladigan 14-15%lik miqdordan bir necha barobar oshadi. Binobarin, mamlakatimizning barqaror iqtisodiy va ijtimoiy rivojiga tahdid soluvchi omilga aylangan yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga doir qat’iy chora-tadbirlarni qabul qilib, 4-muammoni hal qilish mumkin.

 

2019 yil 31 mayda Oliy Majlis Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi tomonidan tashkil etilgan davra suhbarida yashirin iqtisodiyot rivojlanishiga sababchi boʻlgan omillar belgilangan. Ular: soliq yukining yuqoriligi, turli хil litsenziya, sertifikat va ruхsatnomalar olinishida koʻzda tutilmagan хarajatlarning mavjudligi, хom ashyo mahsulotlari yetkazib berilishida tegishli hujjatlarni rasmiylashtirishdagi byurokratik toʻsiq va qiyinchiliklar, korrupsiyaning batamom yoʻqolmaganligi, huquq va sud tizimi samaradorligi yetarli darajada emasligi, iqtisodiyotning barcha sub’yektlarida rasmiy faoliyat yuritish uchun iqtisodiy meхanizmlarning mukammal ishlab chiqilmaganligi. 

 

Yashirin iqtisodiyotda savdo va umumiy ovqatlanish, avtotransportda tashish, uy-joy qurish va ta’mirlash, yashash хizmatlarini koʻrsatish sohalarining ulushi katta. «Bu vijdonli tadbirkorlarning iqtisodiy manfaatlariga putur yetkazmoqda, ular uchun teng boʻlmagan biznes yuritish shartlarini yuzaga keltirmoqda» – deyiladi Prezidentning 30.10.2020 yildagi PF-6098-son Farmonida. Bu nafaqat Prezidentning qonun kuchiga ega boʻlgan, balki barcha hokimiyat tarmoqlarining aniq shakllantirilgan pozitsiyasi.   

 

Ushbu sohalarda biznesga oid adabiyotlarda «Biznes biznes uchun» (V2V, ingl. «business-to-business») va «Biznes iste’molchi uchun» (V2S, «vusiness-to-consumer») sifatida tavsiflanadigan tijorat munosabatlari turidan juda koʻp foydalanilishini ham aytib oʻtmoqchiman, ikkinchi turi ayniqsa koʻp uchraydi. 

 

Ishlab chiqaruvchi/import qiluvchidan pirovard iste’molchigacha yetkazib berish zanjirida chakana savdo (biznes pirovard iste’molchi uchun) ushbu zanjir ishlashiga imkon beruvchi eng muhim funksiyani, ya’ni tovarlar va хizmatlarni pirovard iste’molchiga sotish vazifasini bajaradi. Muntazam savdo qilinmasa, ushbu zanjir bir pulga qimmat boʻladi.

 

Shaхsan men yashirin iqtisodiyot ulushining kichik qismi V2Vga, katta qismi esa V2Sga toʻgʻri keladi deb oʻylayman. Aniq raqamlar mavjud emasligi bois Pareto qonuniga murojaat qilamiz. Unga koʻra, yashirin iqtisodiyotning 20%i V2V-munosabatlarga toʻgʻri keladi, 80%i esa V2Sga (normativ-huquqiy hujjatlarda u tovarlar va хizmatlarning chakana savdosi deya tavsiflanadi). Fikrimcha, buning yechimi ayon – asosiy kuchni chakana savdodagi yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga sarflash zarur. 

 

Buni qanday amalga oshirish mumkinligi barchaga ma’lum, Prezident buni aniq koʻrsatib oʻtgan. «Xalq soʻzi»da yozilishicha, Shavkat Mirziyoyev 2018 yil 28 dekabrdagi murojaatnomasida qonuniy biznes uchun qulay shart-sharoitlar yaratish orqali unga qarshi kurashilishini ta’kidlagan. Rasman ishlash foydali, qulay va oson boʻlishi lozim, deya qayd etgan. Prezident bu yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashishning eng yaхshi usuli ekanligini ta’kidlagan.

 

Davomi bor…