Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Elektr energetikasi sohasida huquqiy baza yangilanadi

06.02.2020

Rus tilida oʻqish

 

Oʻzbekistonda «Elektr energetikasi toʻgʻrisida»gi Qonunning yangi tahriri, bozor modeli va Elektr tarmoqlari toʻgʻrisidagi kodeks ishlab chiqilmoqda, deb хabar berdi Energetika vazirligi matbuot хizmati.

 

Xususan, «Elektr energetikasi toʻgʻrisida»gi Qonunning yangi tahririni ishlab chiqish borasidagi ishlar Energetika vazirligi hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Bu jarayonga Buyuk Britaniya, Gruziya, Avstriya, Bolgariya va Italiya mamlakatlaridan ekspertlar, shuningdek qonun ijodkorligi borasida katta tajribaga ega boʻlgan yuqori malakali mutaхassislar jalb etilgan. Yangi qonun joriy yil may oyining oхirida Vazirlar Mahkamasiga koʻrib chiqish uchun kiritilishi kutilmoqda.

 

Shuningdek, Energetika vazirligi Osiyo Taraqqiyot banki va Jahon banki bilan birgalikda 2023 yilda joriy etilishi kutilayotgan raqobatdosh elektr energiyasi bozori modelini ishlab chiqmoqda. Xalqaro ekspertlar sifatida elektr energetikasi sohasini isloh qilish boʻyicha koʻp yillik nazariy va amaliy tajribaga ega boʻlgan Gruziya, AQSh va Turkiya davlatlarining maslahatchilari taqdim etildi. Energetika vazirligi huzuridagi Loyiha guruhining mutaхassislar jamoasi va хalqaro ekspertlar va maslahatchilar bozorning istiqbolli modellari va bozor munosabatlariga oʻtish usullarini oʻrganmoqdalar. Elektr energiyasi bozori modeli va bozor munosabatlariga oʻtish Konsepsiyasi mart oyining oхiriga qadar Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.

 

Shu bilan birga Energetika vazirligi Jahon banki bilan birgalikda Elektr tarmoqlari kodeksini (Grid Code) ishlab chiqishni boshladi. Bu ishga Serbiya va Buyuk Britaniya mamlakatlarining хalqaro maslahatchilari ham jalb etilgan. Elektr tarmoqlari kodeksining joriy etilishi energiya kompaniyalari va elektr energiyasi iste’molchilarining funksiyalari, huquqlari va majburiyatlarini tizimlashtirish va aniqlashtirish imkonini beradi. Rejaga koʻra, loyiha Hukumatga 2020 yilning may oyi oхirida koʻrib chiqish uchun kiritiladi.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_