Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Yerdan samarali foydalanmaganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi

16.04.2020

Rus tilida oʻqish

Parlament palatalari Kengashlari «Dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer uchastkalaridan foydalanish samaradorligini yanada oshirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qoʻshma qarorni qabul qildilar.

 

Hujjat bilan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining ushbu yoʻnalishdagi chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi, parlament a’zolaridan iborat Ishchi guruhi tuzildi. Uning maqsadi – aholiga oʻz tomorqasidan samarali foydalanishda har tomonlama yordam berilishiga koʻmaklashish.  

 

Kam ta’minlangan va qarovchisi yoʻq oilalarga ilgʻor fermerlar biriktirilib, ularga tomorqa yerlariga ishlov berish, ekin ekish va parvarishlash boʻyicha yordamlashadi.

 

Ishchi guruh Kengash huzuridagi Fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻidan maqsadli foydalanishni tashkil etishga koʻmaklashadi. Shu maqsadda jamgʻarma mablagʻlaridan joylarda qanday foydalanilayotgani doimiy oʻrganib boriladi va shu yuzasidan takliflar ishlab chiqiladi. 

 

Yerdan samarali foydalanmaganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi.  Bir oy muddatda amaldagi qonun hujjatlari qayta koʻrib chiqilib, ushbu sohaga doir qonun hujjatlari loyihalari ishlab chiqiladi.

 

Deputatlar va senatorlar tomonidan ekinlar ekilishining ahvoli har oyda oʻrganiladi, aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan amaliy choralar koʻriladi. Aholi tomorqalaridan samarali foydalanish, dehqon хoʻjaliklari, tomorqa yer egalari shaхsiy manfaatdorligi va mas’uliyatini oshirish borasidagi ishlar yuzasidan vazirlik, idoralar hamda mahalliy hokimliklar rahbarlari Qonunchilik palatasi va Senat majlislarida hisobot beradilar. 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_