Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xodima bolani parvarishlash ta’tilidan chiqqanidan soʻng yana dekretga ketsa, oʻrtacha ish haqini qanday hisoblash mumkinAylanmadan olinadigan soliqning hisob-kitobida jami daromadni hisobga olish tartibiQanday hollarda iqtisodiy sudga soddalashtirilgan tartibda da’vo arizasi berish mumkin – Buxgalter Pro

Xalqaro ekspertlar banklar toʻgʻrisidagi qonunni yangilashda ishtirok etmoqdalar

15.02.2019

Rus tilida oʻqish

13-14 fevral kunlari Markaziy bankda yangi tahrirdagi “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi Qonun loyihasi muhokamasiga bagʻishlangan davra suhbati boʻlib oʻtdi.

 

Ushbu loyiha Jahon banki va Markaziy bank hamkorligida Bazel samarali bank nazorati prinsiplarini hamda eng yaхshi хalqaro amaliyotni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan.  

 

Unda amaldagi banklarga oid qonun hujjatlaridan keskin farq qiluvchi oʻzgartirishlarni kiritish nazarda tutilgan. Xususan, regulyator vakolatlarini kuchaytirish, investorlarning tegishli komplayens-tekshiruviga nisbatan talablarni oshirish (bu yerga qarang), asoslangan mulohazalarni hamda riskka asoslangan nazoratni amalga oshirishda oldindan ta’sir choralarini qoʻllash kabi yangilanishlar e’tiborga olingan. 

 

Qonun loyihasining muhokamasida Jahon banki, Markaziy bank, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi, Bosh prokuratura, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi va Kapital bozorini rivojlantirish agentligi ekspertlari ishtirok etdi.