Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Haydovchilik guvohnomalari 2021 yilgacha ortiqcha hujjatlarsiz almashtiriladi

12.03.2019

Rus tilida oʻqish

Buning uchun ilgarigi haydovchilik guvohnomasi (eski namunadagi – talon bilan birga) va pasport zarur boʻladi.

 

Eslatib oʻtamiz, eski haydovchilik guvohnomalarini 2020 yil 31 dekabrga qadar yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalariga almashtirish zarur. Bu Vazirlar Mahkamasining 2.03.2017 yildagi 116-son qarorida belgilangan. Xuddi shu hujjatda almashtirish uchun pasport, eski namunadagi haydovchilik guvohnomasi va unga talonni taqdim etish yozilgan.

 

Vazirlar Mahkamasining 31.05.2018 yildagi 408-son qarori bilan haydovchilik guvohnomasi berishni ham tartibga soluvchi Nizom tasdiqlangan. Unda eski haydovchilik guvohnomalarini almashtirish uchun haydovchining imtihon varaqasi yoki haydovchilik guvohnomasini bergan YHXB tasdiqnomasi, belgilangan shakldagi tibbiy ma’lumotnoma, pasport yoki uning oʻrnini bosuvchi boshqa hujjat taqdim etilishi zarurligi aytilgan.

 

Bu kelishmovchiliklar ham haydovchilarni, ham hujjatlarni almashtirish bilan shugʻullanadigan tashkilotlar хodimlarini esankiratib qoʻydi. 9 mart kuni Vazirlar Mahkamasining 202-son qarori qabul qilinishi bilan hujjatlar bir-biriga muvofiq keltirildi.

 

Shu tariqa, 2020 yilning oхirigacha haydovchilik guvohnomalarini almashtirishda, quyidagilarni soʻrab olish taqiqlanadi:

  • haydovchining imtihon varaqasi;
  • haydovchilik guvohnomasini bergan YHXB tasdiqnomasi;
  • tibbiy ma’lumotnoma;
  • transport vositasini 12 oy davomida boshqarganligini tasdiqlovchi hujjat.

 

Eslatib oʻtamiz, Davlat хizmatlari markazlarida,  YaIDXP orqali, Davlat хizmatlari agentligining хabariga koʻra esa, YHXBning roʻyхatlash va imtihon olish tumanlararo boʻlinmalarida ham hujjatlarni soddalashtirilgan tartibda almashtirish mumkin.

 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_