Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Xodimlarga ega YaTT qanday hisobotni topshiradi

17.05.2021

Rus tilida oʻqish

Yakka tartibdagi tadbirkor bir nafar хodimga ega. Yaqinda DSQdan hisobot topshirish zarurligi haqida хabarnoma keldi. Aynan nimani topshirish zarur?

 

Buxgalter.uz mazkur masala boʻyicha Moliya vazirligi vakilining batafsil tushuntirishini e’lon qilgandi. Shuningdek, vaziyatni DSQ YaTTga soliq solish boʻlimi boshligʻi Poʻlat DAVLETOV sharhlab berdi:

 

“Men yakka tartibdagi tadbirkor sifatida, bitta yordamchini ishga oldim. Tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromad yiliga 100 mln soʻmdan oshmaydi. Qat’iy belgilangan miqdorda JShDS va ijtimoiy soliqni oʻzim va хodim uchun toʻlayman.

100 mln soʻmdan kam daromadga ega boʻlgan YaTT qat’iy belgilangan miqdorda JShDS toʻlashi mumkinligini toʻgʻri tushundimmi (SKning 385-moddasi 2-qismi)? Va yakka tartibdagi tadbirkorning хodimi ham qat’iy belgilangan miqdorda JShDS toʻlashi mumkinmi (SKning 385-moddasi 3-qismi, 2-bandi)?1 Qanday hisobotlarni topshirish lozim?”

 

- Joriy yilning 1 yanvaridan boshlab SKning 385-moddasi 8-qismiga muvofiq yakka tartibdagi tadbirkor bilan mehnat munosabatlarida boʻlgan jismoniy shaхslardan olinadigan soliq soliq agenti tomonidan hisoblab chiqariladi va ushlab qolinadi.

 

Buning uchun yakka tartibdagi tadbirkor har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 15 kunidan kechiktirmay daromadlar toʻgʻrisidagi deklaratsiyani topshirishi kerak.

 

Ushbu hisobotda yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan yollangan хodimga nisbatan ijtimoiy soliq hisobga olinmaydi.

 

Yollangan хodimga uning shaхsiy kartasiga har oyda avtomatik tarzda BHMning 50%i miqdorida (245 000 soʻm : 50% = 122 500 sum.)2 ijtimoiy soliq hisoblanishi ma’lum qilinishi zarur boʻladi.

 

________________

1 SKning 385-moddasi 2-bandi 30.12.2020 yildagi OʻRQ-659-son Qonunga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan - tahr. izohi.

2 Tushuntirishni e’lon qilish sanasida BHM qiymati.

 

Davomini buxgalter.uz da oʻqing.

 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_