Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

I yarim yillikda mamlakatdagi YaIM 255,3 trln soʻmni tashkil etdi

29.08.2020

Rus tilida oʻqish

2020 yil 26 avgust kuni boʻlib oʻtgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarining 2020 yil birinchi yarim yillikdagi ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotini koʻrib chiqdilar.

 

Davlat byudjetining 2020 yil birinchi yarim yillik ijrosi «2020 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida»gi Qonunda belgilangan byudjet parametrlari doirasida koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish hamda global inqiroz oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan qabul qilingan Prezidentning farmon va qarorlari, Hukumat qarorlarining ijrosini ta’minlashga qaratilgan.

 

Koronavirus pandemiyasi Oʻzbekiston iqtisodiyotiga salbiy ta’sir koʻrsatmoqda. 2020 yil birinchi yarim yil yakuniga koʻra mamlakat YaIM hajmi 255,3 trln sqmni tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 0,2%ga oʻsgan. Davlat byudjetining daromadlari 58 157 mlrd soʻmni tashkil etgan yoki tasdiqlangan yillik parametrlarga nisbatan 45,3%ga ijro etilgan.

 

Davlat byudjetining хarajatlar (davlat maqsadli jamgʻarmalarisiz) 64 878,9 mlrd soʻmni yoki YaIMga nisbatan 25,4%ni hamda belgilangan хarajatlar rejasiga nisbatan 90,3%ni tashkil etgan. Hisobot davridagi byudjet taqchilligi 6,7 trln soʻmni tashkil etgan. Taqchillik хalqaro moliya institutlari (3 299,4 mlrd soʻm) hamda davlat gʻaznachilik obligatsiyalarining joylashtirilishidan kelib tushgan mablagʻlari (3 422,5 mlrd soʻm) hisobiga qoplangan. Davlatning tashqi qarzi joriy yilning 1 iyul holatiga 17,3 mlrd AQSh dollarini tashkil etgan. Ijtimoiy soha хarajatlarini moliyalashtirish uchun umumiy byudjet хarajatlarining 53,4%i sarflangan.

 

Koronavirus pandemiyasi tufayli byudjet daromadlarida prognoz koʻrsatkichlarga nisbatan 8,4 trln soʻm miqdorida yoʻqotishlar boʻlganligi kuzatilgan.

 

2020 yilgi tasdiqlangan Investitsiya dasturida ijtimoiy soha ob’yektlarini qurish, rekonstruksiya qilishi, mukammal ta’mirlash va jihozlash ishlarining ayni paytdagi holati qoniqarsiz darajada qolmoqda. Deputatlar ushbu maqsadlarda sohaga ajratilgan mablagʻlarning 27%ga oʻzlashtirilganligini qoniqarsiz holat deb baholadilar. Investitsiya dasturi doirasida mablagʻlarni oʻzlashtirish darajasi maktabgacha ta’lim muassasalarida 11%ni, Jismoniy tarbiya va sport vazirligida 5%ni, Madaniyat vazirligida 8%ni tashkil qilgan. Bu esa deputatlarning asosli e’tirozlariga sabab boʻldi.

 

Majlis yakuniga koʻra Oliy Majlis Qonunchilik palatasining kun tartibidagi masalalar boʻyicha tegishli qarori qabul qilindi.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_