Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ish beruvchilar yangi ish oʻrinlarini tashkil qilganligi uchun ragʻbatlantiriladi

11.11.2019

Rus tilida oʻqish

2019 yil 7 noyabr kuni Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi tomonidan yangi tahrirdagi «Aholini ish bilan ta’minlash toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi yuzasidan fraksiyalararo muhokamasi oʻtkazildi.

 

Deputatlarning ta’kidlashicha, mehnat bozoridagi vaziyatni tubdan yaхshilash, mehnat munosabatlarini hozirgi zamon bozor iqtisodiyoti talablari asosida rivojlantirish, investitsiya faolligini oshirish va ijtimoiy rivojlantirish maqsadlariga erishish uchun amaldagi qonunning yangi tahririni ishlab chiqish davr taqozosiga aylandi. Hujjatda mavjud kamchiliklar huquqiy kolliziyalar, huquqni qoʻllashda turlicha talqin qilish va murakkabliklar yuzaga kelishiga sabab boʻlmoqda.

 

Loyihada bandlik sohasiga хususiy sektorni jalb etish prinsiplari va tartib-taomillari belgilangan, bandlikning yangi shakllaridan: vaqtinchalik ishlar, yollanib ishlash, masofadan turib ishlashdan yuzaga keladigan mehnat munosabatlarining хususiyatlari aks ettirilgan. Shuningdek ish oʻrinlari yaratayotgan va ishga joylashishga koʻmaklashayotgan ish beruvchilarni ragʻbatlantirish tizimini joriy etish tartibi qayd etilgan.

 

Yigʻilish yakuniga koʻra qoʻmitaning tayyorlangan qonun loyihasini yanada takomillashtirishga qaratilgan bir qator taklif va tavsiyalari ishlab chiqildi.


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_