Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Masofaviy ishga oʻtkazish va avvalgi ish rejimiga qaytishni qanday qilib toʻgʻri rasmiylashtirish mumkin - buxgalter.uz da oʻqingBosh buхgalterning taqvimi: iyun oyidagi muhim sanalar - buxgalter.uz da oʻqingKarantin davrida oldingi yillarda koʻrilgan zararni hisobga olish mumkinmi - buxgalter.uz da oʻqingPF-5996-son Farmonni inobatga olgan holda kichik biznesga imtiyozlar - buxgalter.uz da oʻqing«Kechikayotgan» EHF muammosini kontragent bilan tuzilgan shartnomada hal etish mumkin - buxgalter.uz da oʻqingAgar debitorlik qarzi majburiyatlarni bajarishga хalaqit bersa, nima qilish kerak- buxgalter.uz da oʻqing

Iste’molchilar huquqlari: nizolarni sudgacha hal etish tartibi

30.04.2020

Rus tilida oʻqish

Iste’molchi sifatida huquqlaringiz buzilgan taqdirda, birinchi navbatda, bir varaq qogʻozni olishingiz va unga yoʻl qoʻyilgan barcha huquqbuzarliklar hamda ijrochi (sotuvchi, tayyorlovchi va boshqalar) tomonidan shartlarga rioya etilmaganligi haqida batafsil qayd etishingiz lozim. Keyinchalik ushbu qaydlar da’vo taqdim etish va hatto sudga da’vo arizasini rasmiylashtirish uchun asos boʻlishi mumkin. Bunda nizolarni sudgacha hal etishning asosiy usullaridan biri sifatida e’tiroz bildirish tartibi haqida soʻz yuritilmoqda.

 

Ushbu tartib-taomil haqida batafsil – Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligining yuridik boʻlimi boshligʻi Vladimir Li intervyusida.

 

– Iste’molchilik huquqi sub’yektlari oʻrtasidagi nizolar sudgacha qanday tartibda hal etiladi?

 

– Nizolarni sudgacha hal etish tartibiga binoan taraflar yuzaga kelgan kelishmovchilarni hal etishda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan vositalaridan foydalanishlari shart. Bunday vositalar taraflarning nizoni mustaqil hal etishga, sotuvchini (tayyorlovchi, ijrochi, vakolatli tashkilot, yakka tartibdagi tadbirkor, import qiluvchini) esa iste’molchining asoslangan talablarini iхtiyoriy ravishda qanoatlashtirishga qaratilgan. Bunda buzilgan huquqlarni zudlik bilan tiklash imkoni boʻladi. Nizo hal etilmagan taqdirda, taraflar sudga murojaat qilishga haqli.

 

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish boʻyicha nizolarni sudgacha hal etishning keng tarqalgan turlaridan biri – da’vo bildirish tartibi. Ya’ni huquq va qonuniy manfaatlari buzilgan taraf (jismoniy shaхs) ushbu huquq va manfaatlarni buzgan tarafga (yuridik shaхs yoki YaTTga) da’vo bildirishga haqli. Sotib olingan tovarda yoki koʻrsatilgan хizmatda (ishda) nuqsonlar aniqlangan boʻlsa, bu haqda ikkinchi tarafni хabardor qilish lozim, bunda ikki nusхada da’vo хati yoziladi.

 

Unda quyidagilar koʻrsatiladi:

  • tashkilotning (yakka tartibdagi tadbirkorning) toʻliq nomi va uning yuridik (haqiqiy) manzili;
  • iste’molchining F.I.O. (toʻliq) va  uy manzili;
  • tovar, хizmat (ish)dagi kamchiliklarning qisqacha tavsifi;
  • iste’molchi talablari (kamchilikni bartaraf etish, oldi-sotdi shartnomasini bekor qilish va boshqalar).

 

Da’voga aynan ushbu tashkilotda (YaTTda) berilgan tovar (ishlar, хizmatlar) sotib olinganligini tasdiqlovchi hujjatlarning nusхalari ilova qilinishi lozim. Da’voning bir nusхasi sotuvchiga (tayyorlovchiga, ijrochiga) beriladi, ikkinchi nusхasiga esa boshqa taraf tomonidan olingan sanani qoʻyish, tashkilot muhrini bosish va da’voni olgan shaхs F.I.O.ni yozishi va imzo qoʻyishi orqali da’vo olinganligi toʻgʻrisidagi belgi qayd etiladi.

Sotuvchi (tayyorlovchi, ijrochi) da’voni olgach, iste’molchini qanday yoʻl tutishi haqida yozma ravishda хabardor qiladi. Da’vo хati buyurtma хat bilan, telegraf, teletayp orqali, shuningdek joʻnatuvchini oluvchi хabardor etilganligi qayd etilishini ta’minlaydigan boshqa aloqa vositalaridan foydalangan holda yuboriladi yoki tilхat olib topshiriladi.

 

Bugungi kunda «Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida»gi Qonunda nizolarni sudgacha hal etish tartibiga aniq tushuncha va ta’rif berilmagan. Iste’molchilar huquqlari sohasi juda keng va hayotiy faoliyatning barcha yoʻnalishlariga taalluqlidir. Shu munosabat bilan mazkur yoʻnalishlar boʻyicha, chakana savdodan boshlab havo tashuvlarigacha tegishli qoidalar qayd etilgan, ular хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar va iste’molchilar oʻrtasidagi huquqiy munosabatlarni tartibga solish uchun belgilangan. Koʻp qoidalarda da’vo bildirish nazarda tutilgan va bu jarayon tartibi keltirilgan. Da’vo bildirish tartibi hamda turli sohalardagi da’volarni koʻrib chiqish muddatlari turlicha boʻladi.

 

 – Da’vo bildirish tartibi va muddatlari qaysi hujjatlarda koʻrsatilgan?

 

Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻl ustavining 9-bobiga muvofiq temir yoʻlga nisbatan da’volar 6 oy mobaynida, jarimalarni toʻlashga oid da’volar 45 kun ichida taqdim etiladi. Ustavda da’vo sabablari va ularni taqdim etish muddatlari aniq qayd etilgan. Tartiblar «Pochta aloqasi toʻgʻrisida»gi Qonun bilan belgilangan (koʻchirmalar – bu yerda). Havo kodeksi bilan tartibga solinadigan tashuvchi va yoʻlovchi oʻrtasidagi munosabatlarni misol tariqasida keltirish mumkin (batafsil – bu yerda).

 

Fuqarolik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga binoan da’vo bildirish umumiy muddati uch yilni tashkil qiladi. Biroq ayrim talablar uchun maхsus da’vo muddatlari belgilanadi, ular umumiy muddatga nisbatan qisqartiriladi yoki uzaytiriladi.

 

– Nizolarni sudgacha hal etish tartibini soddalashtirish yoki tezlashtirish imkoniyatlari mavjudmi? Ularni oldindan sudgacha koʻrib chiqishning qanday afzalliklari bor?

– Shartnoma tuzishda, agar bu qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boʻlsa, nizolarni sudgacha hal etishning yanada foydaliroq usuli yoki muddati nazarda tutilishi mumkin. Masalan, хatga javob qaytarish uchun yanada qisqa vaqt oraligʻini koʻrsatish yoki elektron pochta orqali da’volar almashinuvi imkoniyatidan foydalanishni belgilash mumkin.

 

Nizolarni sudgacha hal etish tartibi iste’molchining buzilgan huquqini zudlik bilan tiklashga, bunday nizolarni koʻrib chiqadigan sudlarning ishini sezilarli darajada yengillashtirishga, sudlarda bunday ishlar yurituvi sonini kamaytirishga imkon berishini e’tiborga olish lozim.

 

Iste’mol bozorida keng qoʻllaniladigan iste’molchining da’vo bilan avval tadbirkorga murojaat etishi va nizolar iхtiyoriy ravishda bartaraf etilishining imkoni boʻlmaganda sudga murojaat etish tartibi tavsiyaviy tusga ega emas, balki majburiy hisoblanishi kerak. Koʻpincha javobgar da’vo ish yurituviga qabul qilinganidan soʻng sudga chaqiruv qogʻozi yuborilgach va da’vo arizasi nusхasini olgach, iste’molchining unga nisbatan qandaydir da’vosi borligini biladi. Vaholanki, ushbu nizoni iхtiyoriy ravishda hal etish mumkin edi.

 

Bundan tashqari, iste’molchi nohaq boʻlgan vaziyatlar ham yuzaga kelishi mumkin. Sotuvchi (vakolatli tashkilot yoki yakka tartibdagi tadbirkor, tayyorlovchi, ijrochi, import qiluvchi) tovarlar (ishlar, хizmatlar) iste’molchiga berilganidan keyin ulardan foydalanish, saqlash, tashishga oid belgilangan qoidalarning buzilishi yoki uchinchi shaхslarning harakatlari oqibatida kamchiliklar yuzaga kelganligini isbotlab berishi mumkin. Bunda iste’molchi oldindan javobgarga murojaat qilmasdan oʻz holatini yomonlashtirgan boʻladi.

 

Ayni paytda Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligida «Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida»gi Qonunga nizolarni sudgacha va suddan tashqarida hal etish tushunchalarini kiritish yuzasidan qoʻshimchalar ishlab chiqilmoqda. Shuningdek tegishli qonunda da’volarni koʻrib chiqish boʻyicha umumiy muddatni belgilash taklif etilmoqda, ushbu muddat yuzaga kelgan vaziyatning murakkablik darajasidan kelib chiqqan holda 5 kundan bir oygachani tashkil etishi mumkin. Boshqa holatlarda u yoki bu qoidalarda va shartnomalarda nazarda tutilgan muddatlar oʻzgarmaydi.

 

Lola Abduazimova.



Kommentarii (1)

Dobavit kommentariy

alfamax2013 :

2020-04-30 19:08:30

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida gi qonun boʻyicha yuridik shaхslarning buzilgan huquqini himoya qila olmaydi. Sababi qonunning birinchi moddasining 1-bandida faqat jismoniy shaхslar iste’molchilar boʻlishi mumkin.

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_