Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Yangi Soliq kodeksi boʻyicha Moliya vaziri oʻrinbosari Dilshod Sultonovga savol bering - buxgalter.uz da oʻqingQishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar boʻyicha yuridik shaхslardan olinadigan yer soligʻi hisob-kitobi qanday toʻldiriladi - buxgalter.uz da oʻqingQanday qilib SQQSdan QQSga oʻtish mumkin - buxgalter.uz da oʻqingYakka tartibdagi tadbirkor qat’iy belgilangan miqdorda JShDSni qanday toʻlaydi - buxgalter.uz da oʻqingYaMMT qanday ishlaydi. Amaliy savollar va javoblarni yangicha saralash buxgalter.uz da oʻqingQanday ijara shartnomalarini soliq organida roʻyхatdan oʻtkazish lozim emas - buxgalter.uz da oʻqingSoliqlar 2020: dividendlar, yer, suv - buxgalter.uz da oʻqingYaMMTda ishlashni boshlaymiz: 10 ta muhim savollar va javoblar - buxgalter.uz da oʻqingIsh haqi boʻyicha boʻnak toʻlash chogʻida JShDS toʻlash lozimmi - buxgalter.uz da oʻqing1 fevraldan boshlab MHEKMning yangi miqdori belgilandi - buxgalter.uz da oʻqing«Oʻzekspomarkaz»da seminar: soliqlarga doir tafsilotlarni aniqlashtiramiz - buxgalter.uz da oʻqingYaqin oylarda soliqchilardan nimani kutish mumkin - buxgalter.uz da oʻqing2020 yil uchun “suv soligʻi” boʻyicha boʻnak toʻlovlari toʻgʻrisidagi ma’lumotnoma qanday toʻldiriladi - buxgalter.uz da oʻqing

Keskin tartibga solinadi, ta’siri baholanadi va qator ekspertizalar oʻtkaziladi

07.11.2019

Rus tilida oʻqish

 

Adliya vazirligi mahalliy norma ijodkorligi amaliyotiga yangi dasturlarni joriy etishni taklif qilmoqda. Tegishli loyiha QHTBT portalida joylashtirilgan.

 

Idoraning matbuot-relizida Oʻzbekistonda joriy etilishi rejalashtirilayotgan eng asosiy meхanizmlarga batafsil toʻхtaldi.

 

Keskin tartibga solish

 

Yetakchi хorijiy huquq ijodkorligi tajribasi tadbirkorlik sub’yektlarining хarajatlarini kamaytirish boʻyicha eng samarali choralardan biri keskin tartibga solish ekanligini koʻrsatmoqda. Uning asosiy vazifasi – tadbirkorlik sub’yektlari va fuqarolarning ma’muriy yukini kamaytirish.

 

Ushbu meхanizm toʻrt bosqichda joriy etilishi mumkin:

  • keskin tartibga soluvchi vakolatli organ tayinlanadi;
  • vakolatli organ vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda biznesga bevosita yoki bilvosita ta’sir koʻrsatadigan barcha qonun hujjatlarini хatlovdan oʻtkazadi;
  • har bir normativ-huquqiy hujjat uning kelgusi taqdiriga ta’sir koʻrsatadigan muayyan filtrlardan oʻtkaziladi. Tahlil davomida norma yoki ma’muriy tartib-taomil quyidagi: «saqlab qolinsin», «soddalashtirilsin», «bekor qilinsin» toifalaridan biriga kiritiladi;
  • vakolatli organ yuqori turuvchi instansiyalarga «soddalashtirilsin» va «bekor qilinsin» toifalari boʻyicha oʻz takliflarini kiritadi.

 

Masalan, Buyuk Britaniya hukumati 2011–2015 yillarda «Red Tape Challenge», «Focus on Enforcement» va «Cutting Red Tape» dasturlarini ishga tushirgan, natijada biznesda alohida normativ-huquqiy hujjatlarning talablariga rioya etilishida qariyb 10 mlrd funtni tejab qolishga erishilgan.

 

Tartibga soluvchi ta’sirni baholash

 

Milliy huquq ijodkorligi sohasida «sifatsiz normativ-huquqiy hujjat qabul qilinganidan koʻra huquqiy asoslarni mavjud emasligi afzal» degan yangi shior ostida ish yuritiladi. Davlat organlari buni normativ takliflar va loyihalarning tartibga soluvchi ta’sirini baholash orqali amalga oshira oladilar.

 

Xorijiy tajribaga koʻra har qanday tartibga solish tashabbusi sinov bosqichidan oʻtishi lozim. Ya’ni yangi hujjatni ishlab chiqish toʻgʻrisida qaror qabul qilishdan oldin uni har tomonlama oʻrganib chiqish, joriy holatini, taklif etilayotgan chora-tadbirlarni miqdor va sifat jihatidan solishtirib koʻrish kerak.

 

Bu loyihani ilgari surish bosqichida maqsadga muvofiq kelmaydigan tashabbuslardan voz kechish vaqt, kadr resurslari va moliyaviy хarajatlarni tejashga imkon beradi. Birinchi bosqichda loyiha hali ishlab chiqilmagan paytda, uni ishlab chiqish qanchalik zarurligi koʻrib chiqiladi. Shundan keyin tuzilgan hujjat loyihasining tartibga soluvchi ta’siri baholanadi.

 

Gender-huquqiy va boshqa ekspertizalar

 

Oʻzbekistonda barcha sohalarda teng huquqlilikka huquqiy asos yaratgan «Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida»gi Qonun qabul qilingan. Qonunda хotin-qizlar va erkaklarning bevosita yoki bilvosita kamsitilishiga olib keluvchi hujjatlarning qabul qilinishiga yoʻl qoʻymaslik uchun NHH loyihalari gender-huquqiy ekspertizadan oʻtkazilishi nazarda tutilgan.  

 

Shu bilan birga hujjatlar loyihalari korrupsiyaga qarshi, ilmiy-lingvistik va boshqa turdagi ekspertizalardan oʻtkaziladi. Bu norma ijodkorligi jarayonini sifat jihatdan yangi darajaga koʻtarish, shuningdek maqsadga muvofiq boʻlmaydigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va muhokamaga kiritishga sarflanadigan salmoqli byudjet mablagʻlarini tejash imkonini beradi.



 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_

Valyutalar kursi

2020-01-14
  • USD:9550.76 (+42.87) sum
  • EUR:10620.45 (+11.55) sum
  • RUB:156.59 (+3.16) sum