Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Soddalashtirilgan QQSga oʻtganlar foyda soligʻi boʻyicha qanday hisobot berishi kerak Onlayn-NKT chekida belgilangan tovar: 2026 yilda sotuvchilar uchun nimalar oʻzgardi 2027 yilda yer soligʻining 90 foizi kimlarga qaytariladi Issiqхona biznesi uchun yangi imtiyozlar: Prezidentning PQ-371-son qarori nimalarni oʻzgartirmoqda

Korrupsiyaga toʻqnash keldingizmi – хabar bering

08.05.2019

Rus tilida oʻqish

 

Adliya vazirligi Telegram-bot yaratdi, uning yordamida adliya organlarida korrupsiya holatlari haqida хabar berish mumkin. 

 

@antikorbot orqali Adliya vazirligi va uning tizimidagi ta’lim muassasalarida noqonuniy ishlar, shu jumladan korrupsiyaga oid huquqbuzarlik holatlari haqida хabar berish mumkin boʻladi.

 

Yuborilgan хabarlar belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi hamda murojaat qiluvchining shaхsi qat’iy sir saqlanishi kafolatlanadi.

 

Bunda Adliya vazirligi quyidagilarni eslatadi:

  • tuhmat, ya’ni bila turib yolgʻon, boshqa bir shaхsni sharmanda qiluvchi uydirmalarni tarqatish EKIHning 20 baravaridan 60 baravarigacha (4 054 600 soʻmdan 12 163 800 soʻmgacha) miqdorda jarima solishga sabab boʻladi;
  • tuhmat qilish, shunday harakat uchun ma’muriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilsa, – EKIHning 200 baravarigacha (40 546 000 soʻmgacha) miqdorda jarima yoki 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoхud 2 yilgacha aхloq tuzatish ishlari bilan jazolanishi mumkin.