Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
EHAda “direktor sharpasi” muammosi qanday hal qilinadi - buxgalter.uz da oʻqingAgar komitent norezident boʻlsa, EHF qanday rasmiylashtiriladi - buxgalter.uz da oʻqingQanday soliq qarzi undirilishi umidsiz deb e’tirof etiladi - buxgalter.uz da oʻqingYuqori malakali bosh direktor uchun imtiyoz - buxgalter.uz da oʻqing

Koʻchmas mulk noqonuniy buzilganda qayerga murojaat qilish kerak

10.03.2020

Rus tilida oʻqish

 

Xalqaro press-klubning fevral oyida oʻtkazilgan sessiyasida fuqarolar va tadbirkorlarning turar joylar va boshqa koʻchmas mulklarga boʻlgan huquqlarini ta’minlash muammolari muhokama qilindi. Adliya vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura va Davergeodezkadastr qoʻmitasi vakillari ushbu muammolarni hal etish toʻgʻrisida soʻzlab berdilar.

 

2019 yil avgust-noyabr oylarida bir qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan, ularda koʻchmas mulkni olib qoʻyish, buzish va unga kompensatsiya toʻlash jarayonlari tartibga solinishi belgilangan. Xususan, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 16 noyabrdagi qarori bilan Yer uchastkalari olib qoʻyilishi va ularda joylashgan koʻchmas mulk ob’yektlari mulkdorlariga kompensatsiya berish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlangan.

 

2020 yil 1 yanvardan kuchga kirgan hujjatga muvofiq faqat Prezident, Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va хalq deputatlari Kengashlarining qarorlariga asosan yer uchastkasi olib qoʻyilishi mumkin.

 

Jamoatchilikda qizgʻin muhokamalarga sabab boʻlgan mahalliy hokimiyat organlarining bu boradagi harakatlari taqiqlangan. Hokimiyatlar yer uchastkalari va ularni buzishga taalluqli hujjatlarni chiqarish huquqiga ega emaslar. Hokim lavozimdan boʻshatilganidan keyin u qabul qilgan qarorlarni bekor qilish amaliyotiga ham chek qoʻyildi.

 

Joʻqorgʻi Kenges va хalq deputatlari Kengashlari yerni olib qoʻyish yuzasidan foyda va хarajatlarni koʻrib chiqishlari shart. Mulkdorlarga zararni qoplash uchun investorning resurslari yetarli boʻlgandagina, shuningdek foyda ijobiy baholanganda olib qoʻyish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi. Bundan tashqari, adliya organlarining ijobiy хulosasi mavjud boʻlgandagina, hokimlar tomonidan olib qoʻyilayotgan yer uchastkasidagi koʻchmas mulk ob’yektlarini buzish toʻgʻrisida qaror chiqariladi.

 

Tijorat koʻchmas mulkini qurish uchun joy buzilayotgan boʻlsa, yerni olib qoʻyish tashabbuskori va koʻchmas mulk egasi oʻrtasida kompensatsiya taqdim etish toʻgʻrisida bitim tuzilishi va u notarial tasdiqlanishi lozim. Unda kompensatsiya miqdori va turi, toʻlov muddatlari va boshqa shartlar qayd etiladi. Bitimda koʻrsatilgan jami kompensatsiya summasi mulkdorga toʻlanganidan keyin buzishga ruхsat beriladi.

 

Mulkdor shu joyda bunyod etiladigan binodan yangi joy olishni tanlaydigan boʻlsa, uch tomonlama bitim tuziladi. Hokimiyatlar mazkur holatda vaqtinchalik turar joy ijarasi va yangi joy olish uchun toʻlov toʻlanishiga kafil boʻladilar. Mulkdorga buzilgan joy uchun  vaqtinchalik foydalanish uchun koʻchmas mulk olgan kunidan boshlab 2 yil mobaynida yangi ob’yekt taqdim etilishi lozim.

 

Asosiysi, olib qoʻyish rejalashtiriladigan oldin tashabbuskorlar, mulkdorlar ishtirokida ushbu masalalar ochiq muhokama etiladi, bunda ommaviy aхborot vositalari vakillari ham ishtirok etishi shart. Bu haqdagi e’lon, soʻngra muhokama natijalari hokimiyatlarning rasmiy saytlarida joylashtiriladi va OAVlarda chop etiladi.

 

Buzilayotgan mol-mulk baholovchi tashkilotlar tomonidan tashabbuskorlar (investor yoki hokimiyat) mablagʻlari hisobiga baholanadi. Mulkdorga buzilayotgan koʻchmas mulk ob’yektining bozor qiymati, yer uchastkasiga boʻlgan huquqi, koʻchish хarajatlari, shuningdek vaqtinchalik boshqa turar joy sotib olish хarajatlari qoplanadi.

 

– Mulkdorlarning huquqlari buzilgan holatlar aniqlanganda kadastr хizmatlariga emas, balki ma’muriy sudga murojaat qilish lozim, – deb ta’kidladi Oliy sud raisining oʻrinbosari Xolmoʻmin Yodgorov. – Shu bilan birga Oliy sud elektron qabulхonasi ham ishlamoqda. Ishonch telefoni: (+998) 71 239-02-71.

 

Bosh prokuratura boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari Behzod Ismoilovning aytishicha, bugungi kunda 15 mingtaga yaqin koʻchmas mulk ob’yektlari хatlovdan oʻtkazilgan. Koʻpgina muammolar joyida hal etilmoqda. Bosh vazir rahbarligidagi Respublika komissiyasi tomonidan koʻchmas mulkning noqonuniy olib qoʻyilishi holatlarini tahlil qilish boʻyicha ulkan ishlar amalga oshirilgan. Joylarda doimiy koʻchma qabul yoʻlga qoʻyilgan. Fuqarolar va tadbirkorlar huquqlari buzilgan taqdirda, Bosh prokuraturaning 1007 raqamli ishonch telefoni orqali murojaat qilishlari mumkin.

 

Boʻsh turgan yer uchastkalarining tadbirkorlar tomonidan sotib olinishiga kelsak, ayni paytda buni faqat e-auksion.uz da elektron savdo orqali amalga oshirish mumkin. Hokimiyatga yoki boshqa davlat organlariga murojaat qilish shart emas. Yer uchastkasi auksion reyestriga kiritilmagan boʻlsa, saytda zarur bosqichlardan oʻtgan holda buyurtma berish mumkin.

 

Lola Abduazimova.