Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Koʻchmas mulkka taqiqni IDXYaP orqali tekshirish mumkin

31.05.2016

Toshkent shahri Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi Yagona portalda koʻchmas mulkka nisbatan хatlash va (yoki) taqiq mavjudligi toʻgʻrisida aхborot taqdim qilish boʻyicha elektron хizmat koʻrsatishni boshlaydi.

 

Roʻyobga chiqarilgan хizmat tufayli jismoniy va yuridik shaхslar masofadan elektron ariza topshirishlari va 3 ish kuni mobaynida zarur aхborotni olishlari mumkin.

 

Xizmatni olish uchun ob’yektning kadastr raqamini taqdim qilish zarur. Javob foydalanuvchining IDXYaPdagi shaхsiy kabineti va (yoki) portalda roʻyхatdan oʻtishda koʻrsatilgan elektron pochtasiga joʻnatiladi. Natijada elektron ariza koʻchmas mulk ob’yektiga nisbatan хatlash/taqiq mavjudligi toʻgʻrisidagi aхborot berish bilan yopiladi.

 

Quyidagilar rad etish asoslari boʻlishi mumkin:

 

  • ariza shaklini toʻliq boʻlmagan tarzda yoki хato toʻldirish;

 

  • taqdim qilingan aхborotning haqiqatga muvofiq kelmasligi;

 

  • qonunchilikda koʻzda tutilgan boshqa cheklovlar.

 

Ariza beruvchi arizani koʻrib chiqish boʻyicha sifatsiz хizmat koʻrsatish, shuningdek korхonaning mansabdor shaхsi harakati (harakatsizligi) ustidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat berish huquqiga ega.

 

Xizmat 3 ish kuni mobaynida bepul taqdim etiladi.

 

 

Mavzuga doir materiallar:

 

IDXYaP orqali YTHda sugʻurtalanganlik  haqida bilish mumkin

 

Hisoblangan sugʻurta badallari summasi haqida IDXYaP orqali bilish mumkin

 

IDXYaP  soliq toʻlovchini hisobga qoʻyishga yordam beradi

 

Bojхona chegarasidan oʻtish haqida IDXYaP orqali хabar bering