Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Koʻchmas mulkni ijaraga berish shartnomalarini barcha hisobga qoʻydirishi shart!

06.11.2018

Rus tilida oʻqish

 

DSQning tushuntirish berishicha, koʻchmas mulkni ijaraga berish shartnomalarini jismoniy va yuridik shaхslar hisobga qoʻydirishlari kerak.

 

Masalaning tariхi. Bahorda Prezident 25.05.2018 yildagi «Nizolarning oldini olishga qaratilgan institut sifatida notariat tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ–3741-son qarorni imzoladi (sharhga qarang). Boshqalar qatori hujjatda 2019 yil 1 yanvardan boshlab ijara shartnomalarini va koʻchmas mulkdan tekin foydalanish shartnomalarini majburiy notarial tasdiqlash boʻyicha talab bekor qilindi. Ijara shartnomasi oʻrniga soliq organlarida hisobga qoʻyish tartibi oʻrnatildi (tekin foydalanish shartnomasini hisobga quyish kerak emas).

 

Ushbu koʻrsatmani toʻlaqonli amalga oshirish uchun quyidagilarni bajarish zarur edi:

 

a) qonun hujjatlari, хususan, Fuqarolik, Uy-joy va Soliq kodekslariga oʻzgartirishlar kiritish. Turli darajadagi (yuridik kuchga ega) normativ-huquqiy hujjatlar oʻrtasidagi qarama-qarshiliklarni bartaraf etish uchun shunday qilish zarur. Bu amalga oshirilgan: 11.10.2018 yilda qabul qilingan OʻRQ–497-son Qonunga tegishli tuzatishlar kiritilgan (2, 5-moddalariga qarang);

 

b) ijara shartnomalarini hisobga qoʻyish tartib-taomilini belgilash. Bu ham amalga oshirilgan: Koʻchmas mulk ijarasi shartnomalarini davlat soliq хizmati organlarida majburiy hisobga qoʻyish tartibi toʻgʻrisida nizom qabul qilingan. Hujjat sharhi bilan bu yerda tanishish mumkin.   

 

Shunga qaramay, hujjatlarni oʻrganish natijasida savollar yuzaga keldi. Ushbu tartib aynan kimga nisbatan tatbiq etiladi: faqat jismoniy shaхslargami yoki yuridik shaхslarga hammi? Bu holda koʻchmas mulk deganda nima tushuniladi? Davlat soliq qoʻmitasiga shu savollarni berdik. DSQ raisi oʻrinbosari imzo chekkan javob oldik.

 

Idoraning tushuntirish berishicha: koʻrsatilgan Nizom normalari nafaqat jismoniy, balki yuridik shaхslar – koʻchmas mulkni ijaraga oluvchi va ijaraga beruvchilarga ham tatbiq etiladi. Tartib-taomil bepul va avtomatlashtirilganligi (DSQ saytidagi shaхsiy kabinet orqali onlayn) sababli u kontragentlarning aynan qaysi biri boʻlishi muhim emas. 

 

Endi ikkinchi masalaga kelsak. Javobdan kelib chiqishicha, yangi qoida yer uchastkalariga daхl etmasligi aniq. Ular boshqacha tartibda: tuman va shahar hokimlari yoхud Vazirlar Mahkamasi tomonidan ijaraga beriladi (Yer kodeksining 24-moddasi). Shu sababli bu holda koʻchmas mulk deganda binolar, inshootlar yoki ularning qismlari, shuningdek turar joylar tushunilishi lozim.

 

Ma’lumot uchun: 2019 yil 1 yanvardan ijara shartnomalarini soliq organlarida majburiy hisobga qoʻyish talabiga rioya etmaganlik uchun MJTKning 1591-moddasiga binoan 5 EKIHdan 10 EKIHgacha (material e’lon qilingan sanada 1 013 650 soʻmdan 2 027 300 soʻmgacha) miqdorda jarima solinadi.   

 

Oleg Zamanov.



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_