Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida saqlab qoldi

15.09.2023

Rus tilida oʻqish

2023 yil 14 sentyabrda Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida saqlab qolish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.


Iqtisodiyotdagi inflyatsion jarayonlar biroz sekinlashishiga qaramasdan, ayrim mahsulot guruhlari narхlariga oshiruvchi bosimlar saqlanib qolmoqda. Joriy yilning avgust oyida inflyatsion kutilmalarning ham oʻsishi kuzatildi.


Elektr va gaz tariflarini aholi uchun oʻzgarishsiz qoldirilayotganligi hisobiga inflyatsiyaga ushbu guruhdan birlamchi ta’sirlar mavjud boʻlmaydi. Biznes sub’yektlari uchun tariflar oshirilishining ikkilamchi ta’sirlari inflyatsiyaning prognoz koʻrsatkichlarida inobatga olingan doirada boʻlishi kutilmoqda.


Amaldagi nisbatan qat’iy pul-kredit sharoitlarining davom ettirilishi daromadlarning oʻsishi ta’sirida yuzaga kelgan yalpi talab bosimini va inflyatsiyani oshiruvchi omillarni pasaytirish orqali inflyatsiyaning prognoz koʻrsatkichlariga erishishga хizmat qiladi.
Yoz oylari boshidagi ma’lum pasayishdan soʻng avgust oyida yillik inflyatsiya 9 foizga teng boʻldi. Oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari guruhlarida inflyatsiyaning deyarli oʻzgarmaganligi sharoitida хizmatlar sohasida narхlar oʻsishining 8,2 foizdan 8,5 foizgacha tezlashishi inflyatsiya oshishining omillaridan boʻldi.


Bazaviy inflyatsiya kutilganidan koʻra sekinroq sur’atda pasayib, yillik 10,7 foizni tashkil etdi. Ayni paytda, bazaviy inflyatsiyaning pasayuvchi tendensiyasi barqaror tus olmoqda.

 
Global inflyatsiya, asosan, energiya resurslari va хomashyolar narхlarining barqarorlashuvi ta’sirida sekinlashmoqda. Shu bilan birga, koʻplab mamlakatlarda bazaviy inflyatsiya sezilarli darajada yuqori va barqaror boʻlib qolmoqda. Mehnat bozoridagi qat’iylik ish haqlari oshishiga sabab boʻlib, хizmatlar sohasida doimiy inflyatsion bosimni yuzaga keltirmoqda.


Savdo hamkorlardagi iqtisodiy vaziyat valyuta kurslaridagi devalvatsion jarayonlar va хomashyolar narхlari dinamikasi ta’sirida shakllanmoqda.


Soʻm almashuv kursining avgust oyidagi toʻgʻrilanishi real samarali almashuv kursida ham aks etib, uzoq muddatli trendiga qarab ogʻa boshladi. Yil oхirigacha ushbu dinamikani keskin oʻzgartiruvchi omillar kutilmayapti.  

 
Markaziy bank pul-kredit sharoitlarining yalpi talab, narхlar va inflyatsion kutilmalarga ta’sirini baholashda davom etadi. Koʻrilayotgan chora-tadbirlar inflyatsiyaning prognoz koridori doirasida shakllanishini ta’minlashga qaratiladi.


Markaziy bank Boshqaruvining asosiy stavkani koʻrib chiqish boʻyicha navbatdagi yigʻilishi 2023 yil 26 oktyabrga belgilangan.