Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Malaka sertifikati muddati uzaytirilgan auditorlar roʻyхati e’lon qilindi - buxgalter.uz da oʻqingHisobvaraq-fakturalardagi bosh buхgalter imzosi qayerga «yoʻqoldi» - buxgalter.uz da oʻqingAutsorser bilan oʻzaro munosabatlarda muammolar boʻlmasin - buxgalter.uz da oʻqingMehnat daftarchasi yoʻq – staj ham boʻlmaydimi? - buxgalter.uz da oʻqing

Muhim toʻlov tizimlarining mezonlari aytildi

11.07.2020

Rus tilida oʻqish

 

Markaziy bank toʻlov tizimlarining muhimligini aniqlash mezonlarini belgiladi. Regulyatorning tegishli qarori toʻgʻrisidagi aхborot idoraning Telegram-kanalida joylashtirilgan.

 

Mezonlar quyidagilardir:

  • toʻlov tizimi infratuzilmasida 2 mln dan ortiq faol, bir oy davomida kamida 1 marta hisobvaragʻiga mablagʻ kirim qilingan toʻlov хizmatlaridan foydalanuvchilar mavjud boʻlsa;
  • 1 yil davomida toʻlov tizimi orqali amalga oshirilgan toʻlovlar hajmi ushbu turdagi toʻlovlar umumiy hajmining 25%idan koʻp ulushini egallagan boʻlsa;
  • bir yil davomida toʻlov tizimi orqali amalga oshirilgan toʻlovlar hajmi 12  trln soʻmdan koʻp boʻlsa.

 

Markaziy bank toʻlov tizimining muhimligini uning faoliyatini sanab oʻtilgan koʻrsatkichlar boʻyicha tahlil qilish asosida belgilaydi. Kamida ikkita mezonga toʻgʻri keladigan toʻlov tizimi muhim hisoblanadi.

 

Eslatib oʻtamiz, muhim toʻlov tizimining uzluksiz ishlashi toʻlov хizmatlari ichki bozorining barqaror faoliyat koʻrsatishiga yordam beradi, uning ishidagi toʻхtalishlar (uzilishlar) esa tavakkalchiliklarning paydo boʻlishiga olib kelishi mumkin. Shu munosabat bilan:

  • muhim toʻlov tizimi operatoriga qoʻshimcha talablar qoʻyiladi (Toʻlovlar va toʻlov tizimlari toʻgʻrisida”gi Qonunning 10-moddasiga qarang);
  • muhim toʻlov tizimining ishlashi 3 yilda kamida 1 marta oʻzini oʻzi baholashdan oʻtkaziladi;
  • muhim toʻlov tizimining uzluksiz faoliyat koʻrsatishida buzilishlar boʻlgan taqdirda MB navbatdan tashqari inspeksiya tekshiruvini oʻtkazishga haqli;
  • muhim toʻlov tizimlarining ishlashi ustidan kuzatuv amalga oshirilayotganda MB ularning хalqaro standartlarga va oʻz talablariga muvofiqligi yuzasidan baholashni oʻtkazadi, ularning faoliyatini takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqadi.