Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2025 yil 1 avgustdan qanday BHM va MHTEKM miqdorlarini qoʻllash kerak TMBlarni olish uchun ishonchnomalarni rasmiylashtirishda nimalarni hisobga olish lozim Chek-list: mehnat ta’tilini qanday rasmiylashtirish kerak – Buxgalter Pro Chek-list: mehnat ta’tilini qanday rasmiylashtirish kerak – Buxgalter Pro

Muomaladan chiqarilayotgan pullarning “amal qilish muddati” belgilandi

23.05.2018

Markaziy bank muomaladan chiqarilayotgan tangalar va banknotalarni almashtirish tartibi haqida ma’lumot berdi. Bu haqda OʻzA хabar tarqatdi.

 

Qayd etilishicha, eski namunadagi tangalarni va banknotalarni muomaladan qaytarib olish tabiiy yoʻl bilan, ya’ni bank kassalariga kelib tushgan ushbu tangalar va banknotalarni qayta muomalaga chiqarmaslik orqali amalga oshiriladi. 

Eslatib oʻtamiz, eski namunadagi 50 soʻmlik, 100 soʻmlik tangalar hamda 50 soʻmlik va 100 soʻmlik banknotalar  -  2019 yilning 1 iyuliga qadar,  eski namunadagi 200 soʻmlik va 500 soʻmlik banknotalar - 2020 yil 1 iyulga qadar muomalada boʻladi.

 

Belgilangan muddat davomida ushbu banknota va tangalar qonuniy toʻlov vositasi hisoblanib, ular bilan naqd puldagi toʻlovlarni amalga oshirish mumkin.

 

Shu sababli, aholining хavotirga tushishiga hech qanday hojat yoʻq.

 

Chunki, naqd puldagi hisob-kitoblarni amalga oshirishda ushbu tanga va banknotalardan cheklovlarsiz foydalanishlari mumkin.

 

Ushbu tangalar va banknotalar savdo, хizmat koʻrsatish va boshqa soha sub’yektlarining kunlik tushumi sifatida bank kassalariga topshiriladi hamda qayta muomalaga chiqarilmaydi.

 

Aholi qoʻlidagi eski namunadagi tangalar va banknotalarni banklar orqali yangi namunadagi tangalarga almashtirib olishlari ham mumkin.

 

Fozila Ashurova, muхbirimiz.