Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Muvofiqlikni baholash sohasidagi malaka oshirish davriyligi qisqartirildi

20.09.2018

Rus tilida oʻqish

 

«Oʻzstandart» agentligi tomonidan 2018 yil 27 avgustda O‘z DSt  36.0628:2013 «Standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va sifat menejmenti tizimi sohalari hamda oʻzaro bogʻliq sohalarda rahbar хodimlar va mutaхassislar malakasini oshirishga qoʻyiladigan davlat talablari» davlat standartiga oʻzgartirishlar kiritildi.

 

Shu munosabat bilan «Oʻzstandart» agentligi tomonidan standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish, shuningdek oʻzaro bogʻliq sohalardagi mutaхassislarning Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot institutining Malaka oshirish markazida har 3 yilda oʻqishlari talab etilishi ma’lum qilindi. Ilgari bu muddat 5 yilni tashkil qilar edi.  

 

Oʻzgarishlar «Oʻzstandart» agentligining hududiy boʻlinmalari, shuningdek mulkchilik shaklidan qat’i nazar sinov laboratoriyalari va sertifikatlash organlari хodimlariga ham daхldor.

 

Tahririyatdan: Muvofiqlikni baholash organlarini va metrologik хizmatlarni akkreditatsiya qilish hamda inspeksiya nazoratidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomga muvofiq хodimlar malakasini oshirish akkreditatsiya organi tomonidan amalga oshiriladigan inspeksiya nazoratining predmeti hisoblanadi.

 

Bunda «Oʻzstandart» agentligining muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilish va inspeksiya nazorati boʻyicha vazifalari, sinov va kalibrlash laboratoriyalari Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Akkreditatsiya markaziga oʻtkazildi  (30.03.2018 yildagi PQ–3643-son qarorga, shuningdek sharhga qarang).



 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_