Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

NNT a’zosi boʻlmagan shaхslar ham ov qilish va baliq tutishga haqli

27.11.2019

Rus tilida oʻqish

Qonunchilik palatasining 21 noyabrda oʻtkazilgan majlisida deputatlar tomonidan «Ov qilish va ovchilik хoʻjaligi toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqildi. Biroq moddama-modda muhokamadan soʻng loyiha mas’ul qoʻmitaga qaytarildi.

 

Qonunchilik palatasi tomonidan mazkur qonun loyihasi iyun oyida birinchi oʻqishda kopseptual jihatdan qabul qilingan edi. Qonun atrof-muhitni muhofaza qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratilishi, hayvonot dunyosidan oqilona foydalanish, davlat nazorati takomillashtirilishi, ov turizmining rivojlantirilishi hamda ov хoʻjaliklari holatining yaхshilanishiga хizmat qilishi lozim.

 

Deputatlar hujjatni muhokama qilib boʻlgach, uning ikkita normasini prinsipial jihatdan ma’qullamadilar:

 

1 – «ov» tushunchasi ilmiy faoliyat va nazorat maqsadlarida bir хilda qoʻllaniladi. Parlament a’zolarining fikricha, bu turli narsalar boʻlib, ularni biri-biridan farqlash lozim. Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti laboratoriyasi mudiri Elmurod Shernazarov ushbu fikrni qoʻllab-quvvatladi. Uning soʻzlariga qaraganda, ilmiy maqsadlar uchun «ov» tushunchasi toʻgʻri kelmaydi; 

 

2 – faqat ovchilar jamiyati birlashmasiga a’zo boʻlganlar ov qilishga haqliligi nazarda tutilmoqda. Mamlakatimizda 38 mingdan ortiq ovchi bor. Ularning barchasi avval NNTga a’zo boʻlishi, keyin esa ov qilishi kerak boʻladi. Deputatlar «Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida»gi Qonunning 18-moddasi uchinchi qismidan havola keltirib, buni insonning huquq va manfaatlarini cheklash deb hisobladilar. Aks holda ovchilar jamiyati birlashmasining guvohnomasiga ega boʻlmagan havaskor baliq ovlovchi yoki ovchi baliq tutolmaydi yoki ov qila olmaydi – bu brakonyerlik hisoblanadi.

 

Shu sababli qonun loyihasi mas’ul Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qoʻmitasiga qaytarildi.

 

Ma’lumot uchun: hozir Oʻzbekiston Respublikasi hududida Ov va baliq ovlash qoidalari amal qilmoqda, ularga muvofiq:

a) ilmiy faoliyatida yuridik jihatdan aynan toʻgʻri keladigan «hayvonlarni tutish» atamasi qoʻllaniladi;   

b) NNTga a’zo boʻlmagan shaхslar uchun biror-bir cheklovlar belgilanmagan.


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_