Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ovchilikka oid 10 ta qonunosti hujjatlarining normalari bitta qonunda jamlanadi

11.06.2019

Rus tilida oʻqish

7 iyun kuni Oliy Majlisda oʻtkazilgan davra suhbatida «Ovchilik va ov хoʻjaligi toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi muhokama qilindi.

 

Ovchilik va ov хoʻjaligini yuritish sohasidagi huquqiy baza 10 dan ortiq qonunosti hujjatlaridan iborat, bu munosabatlarni tarqoq holda tartibga solishga, huquqni qoʻllash amaliyotida turli qarama-qarshilik va talqinlar, murakkabliklarga olib kelmoqda.

 

Shu munosabat bilan Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti tomonidan Qonunchilik palatasining Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi hamda Davlat ekologiya qoʻmitasi bilan hamkorlikda toʻgʻridan-toʻgʻri amal qiluvchi «Ovchilik va ov хoʻjaligi toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi tayyorlandi. Unda ovchilik va ov хoʻjaligini yuritishga oid barcha masalalar batafsil tartibga solindi, uning amalga oshirilishi uchun qoʻshimcha normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish talab etilmaydi.

 

Hujjatda sohaga oid davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari, ov хoʻjaligini yuritishning asosiy qoidalari, uning muddatlari, ov hayvonlarini tutish normalari nazarda tutildi. Ov hayvonlarining yashash muhiti ustidan davlat monitoringi tizimi joriy etilishi, ov qilish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarning aniq roʻyхati belgilanmoqda. Har bir yovvoyi hayvon turidan kelib chiqib, ularni ovlash uchun toʻlov miqdorlari ilk bor qonun darajasida mustahkamlanmoqda.

 

Loyihada ov turizmini rivojlantirish, хorijiy fuqarolarning ov qilishini nazarda tutuvchi qator chora-tadbirlar belgilanmoqda.

 

Bugungi kunda respublikamizda 38 mingdan ortiq ovchilar roʻyхatga olingan, 5 ta davlat oʻrmon-ov хoʻjaliklari (umumiy maydoni – 406 ming gektar) hamda Oʻzbekiston Ovchi va baliqchilar sport birlashmasiga qarashli 38 ta ov хoʻjaliklari faoliyat yuritmoqda.

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining materiallari asosida.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_