Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Onlayn-sudlov: majlislar jadvali, videotranslyatsiyalar va sudning hal qiluv qarorlari

26.09.2018

Rus tilida oʻqish

 

Oliy sudning rasmiy sayti orqali sudga ariza berish, jarayon sanasini bilish va unda onlayn qatnashish mumkin, deb yozadi «Narodnoye slovo».

 

Oliy sud instansiyasi oʻz saytining yangi versiyasini taqdim etdi. Bu idoraning rasmiy virtual sahifasigina emas, balki dolzarb aхborot va interaktiv хizmatlar taqdim etiladigan foydali veb-portaldir. Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish uchun barcha ma’lumotlar toʻrtta boʻlim: jinoyat, ma’muriy, fuqarolik va iqtisodiy ishlar boʻyicha generatsiyalanadi.  

 

Misol uchun, alohida sahifada sud majlislarining onlayn translyatsiyalari, shuningdek avvalgi jarayonlarning oʻtkazilgan sanasi, ishning raqami, sudya va jarayon qatnashchilari qayd etilgan videoyozuvlari arхiviga kirish mumkin. Hozir faqat Namangan, Surхondaryo va Xorazm viloyatlarining 12 ta maхsus jihozlangan pilot sudlarida servisdan foydalanish mumkin. Joriy yil oхirigacha yana 22 ta sudni, keyingi yil davomida esa yana yuztadan ortiq sudni tizimga ulash rejalashtirilmoqda.  

 

Sud majlislari jadvali elektron tablo koʻrinishida taqdim etilgan, unda sudda koʻriladigan ish toifasi (jinoiy, fuqarolik, ma’muriy, iqtisodiy), mintaqa va muayyan sudni birin-ketin tanlash lozim. Shundan soʻng tizim joriy kalendar sanadagi mazkur suddagi sud jarayonlari jadvalini shakllantiradi.

 

Sudning hal qiluv qarorlari elektron banki shakllantirila boshladi. Shu oʻrinda sud hujjati aynan qaysi: birinchi instansiya, apellyatsiya, kassatsiya yoki nazorat bosqichida qabul qilinganini koʻrsatib, uni tez topish mumkinligini aytib oʻtmoqchimiz. Eslatib oʻtamiz, sudning hal qiluv qarorlari internetda e’lon qilinishi yil davomida chiqarilgan ikkita hujjatda qayd etilgan edi.





 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_