Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Yetkazib beruvchi oldida qarz yoʻq, lekin inkasso qoʻyildi: kompaniya undiruvni toʻxtatishga qanday muvaffaq boʻldi Bojxona QQSini mamlakat ichkarisida ortiqcha toʻlov hisobiga kim kamaytira oladi Foizsiz qarz shartnomasi: qanday qilib xatolarsiz rasmiylashtirish mumkin

Prezident tadbirkorlar bilan muloqot qildi

20.08.2021

Rus tilida oʻqish

Shavkat Mirziyoyev 20 avgust kuni mamlakatimiz tadbirkorlari bilan ochiq muloqot oʻtkazdi.

 

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik mamlakatimiz iqtisodiyotining ustuvor yoʻnalishi etib belgilangan. Soʻnggi besh yilda bu sohani rivojlantirishga qaratilgan 2 mingga yaqin qonun, farmon va qarorlar qabul qilindi.

 

Biznes uchun 114 ta litsenziya va ruxsatnoma bekor qilindi, 33 ta faoliyat turi xabardor qilish tartibiga oʻtkazildi. Ruxsatnomalarni rasmiylashtirish tartiblari soddalashtirilib, muddatlari oʻrtacha 2 baravarga qisqartirildi. Ortiqcha tekshirishlar, naqd pul, valyuta va xomashyo boʻyicha koʻplab cheklovlarga barham berildi.

 

Bunday qulaylik va imkoniyatlar natijasida yangi sub’yektlar keskin koʻpayib, avvaldan ishlayotganlari faoliyatini kengaytirmoqda. Oxirgi besh yilda tadbirkorlar soni qariyb 3 baravar oshdi. Koʻp ishbilarmonlar oʻz biznesini butun mamlakat miqyosida kengaytirib, minglab ish oʻrinlari yaratib, nufuzli yirik kompaniyalarga aylandi. Ichki va tashqi bozorda oʻz nufuzi va brendiga ega tadbirkorlar sinfi shakllana boshladi.

 

Ochiq muloqot oldidan tadbirkorlarni qiynayotgan muammolar soʻralgan edi. Turli masalalarga oid 15 mingdan ortiq murojaatlar boʻldi.

 

Prezidentimiz oʻz nutqida ularni hal qilishga qaratilgan 7 ta muhim yoʻnalishni koʻrsatib oʻtdi.

  • Birinchi yoʻnalish – biznesni moliyalashtirish;
  • ikkinchisi – soliq tizimini takomillashtirish va biznesga soliq yukini kamaytirish;
  • uchinchisi – yer ajratish;
  • toʻrtinchisi – infratuzilma;
  • beshinchisi – eksportyor korxonalarni qoʻllab-quvvatlash;
  • oltinchisi – transport-logistika; yettinchisi – sohadagi tartib-taomillarni soddalashtirish masalalariga qaratildi.

 

Davlatimiz rahbari har bir yoʻnalish boʻyicha dolzarb vazifalarni koʻrsatib, yangi tashabbuslarni ilgari surdi.

 

Shu bois banklarning kapitalini oshirish choralari belgilandi. Xususan, kelgusi yilda banklarga Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan bozor tamoyillari asosida qoʻshimcha 600 mln dollar ajratiladi. Xalqaro moliya bozorlarida 5 trillion soʻmlik milliy valyutada yevrobondlar chiqariladi. Xorijiy banklar kirib kelishiga keng imkoniyatlar yaratiladi.

 

Yana bir muhim yangilik – banklar resursni qanday valyutada jalb qilishidan qat’iy nazar, tadbirkorlarga kreditni soʻmda va maqbul foizlarda berish tizimi yoʻlga qoʻyiladi.

 

Soʻnggi uch yilda soliqlar turi 16 tadan 9 taga qisqardi. Molk-mulk, daromad soligʻi va ijtimoiy soliqlar stavkalari 2 barobarga kamaytirildi.

 

Prezidentimiz bu sohada ham tadbirkorlarga qoʻshimcha qulayliklar yaratilishini qayd etdi.

 

Jumladan, 2020 yil fevral oyida “Maxsus iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida”gi qonun qabul qilingunga qadar iqtisodiy zonalarda roʻyxatdan oʻtgan tadbirkorlarga berilgan imtiyozlar saqlab qolinadi.

 

Maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha qismini 7 kun ichida qaytarib berish tartibi joriy qilinadi. Bu ularga aylanma mablagʻlarini koʻpaytirish imkonini beradi.

 

Bundan tashqari,  chetdan olib kelingan tovarlar uchun  qoʻshilgan qiymat soligʻini 120 kun davomida boʻlib-boʻlib toʻlashda tadbirkorlarga foiz hisoblanmaydi va garov talab etilmaydi.

 

Qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalarga yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi 2 barobarga kamaytiriladi.

 

Davlatimiz rahbari pandemiya sharoitida xizmatlar sohasini qoʻllab-quvvatlash muhimligini ta’kidlab, oʻtgan yili berilgan imtiyozlar muddatini uzaytirishga koʻrsatma berdi. Umumiy ovqatlanish korxonalari yil yakuniga qadar yer va mulk soligʻidan, turizm kompaniyalari va mehmonxonalar 2 yil muddatga turistik yigʻimlardan ozod qilinadigan boʻldi.

 

Amaldagi tartibga koʻra, tadbirkorlar qoʻshilgan qiymat soligʻidagi farqni qaytarish uchun soliq idoralariga alohida murojaat qilishga majbur. Bu – 14 ming tadbirkorga tegishli boʻlib, ular uchun qoʻshimcha vaqt, ortiqcha sarsongarchilik, degani.

 

Shu bois mutasaddilarga kelgusi yildan qoʻshilgan qiymat soligʻini qoʻshimcha hujjatsiz qaytarish tartibini joriy etish vazifasi qoʻyildi.

 

Tadbirkorlarni qiynayotgan muammolardan yana biri yer ajratish bilan bogʻliq. Bu masala boʻyicha Prezidentga 4 mingdan ziyod murojaat boʻlgan.

 

Joriy yil 16 avgust kuni “Yer uchastkalarini ajratish va ulardan foydalanish, shuningdek, yerlarni hisobga olish va davlat yer kadastrini yuritish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” qonun qabul qilindi. U bilan yerlarni iqtisodiy oborotga kiritish, ularni oldi-sotdi va garov ob’yektiga aylantirish uchun mustahkam huquqiy zamin yaratildi.

 

Biznes sub’yektlarini infratuzilma bilan ta’minlash masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Qayd etilganidek, kelgusi yil 1 yanvardan boshlab, qiymati 200 milliard soʻmga teng loyihalar boʻyicha elektr, tabiiy gaz, suv tarmoqlari va yoʻl infratuzilmasini yetkazib berish toʻliq davlatning zimmasida boʻladi. Bu imtiyoz hozirgi kungacha faqatgina 50 million dollardan oshadigan xorijiy investorlar loyihalariga qoʻllanib kelinmoqda.

 

Tadbirkorlar e’tiroziga sabab boʻlayotgan yana bir muammo – elektr tarmoqlariga ulanishda kichik korxonalarga ham yirik zavodlar bilan bir xil talablar qoʻyilgan.

 

Davlatimiz rahbari eksportyor korxonalarni qoʻllab-quvvatlash,  kichik biznesni eksport faoliyatiga jalb qilish boʻyicha ham qator tashabbuslarni ilgari surdi.

 

Shuningdek, yiliga 20 million dollardan ortiq eksport qiluvchi korxonalarga 5 million dollargacha  imtiyozli kreditlar ajratiladi.

 

Transport-logistika xizmatlarini rivojlantirish, tadbirkorlarning yuklarini tashishni yengillashtirish masalalariga ham toʻxtalib oʻtildi. Yuk avtomobillari va temir yoʻl vagonlarini olib kirish boʻyicha berilgan imtiyozlar yana 3 yilga uzaytirilishi ma’lum qilindi.

 

Muloqotda tadbirkorlar soʻzga chiqib, faoliyatida duch kelayotgan muammolarni, taklif va mulohazalarini aytdi. Ular tarmoq mutasaddilari va hokimlar ishtirokida muhokama qilindi.

 

Prezidentimiz bunday ochiq muloqotni an’anaga aylantirib, har yili tashkil etish, 20 avgustni  mamlakatimizda “Tadbirkorlar kuni” deb e’lon qilish taklifini bildirdi.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami ix razmeshcheniya.
Gost_