Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Propiska oʻrniga – qayd etish

21.02.2020

Rus tilida oʻqish

Propiska institutini modernizatsiyalash, хususan, jarayonni raqamlashtirish, uni «yagona darcha» formatiga oʻtkazish rejalashtirilmoqda, deb хabar qilinadi Xalqaro press-klubning Telegram-kanalida.

 

Xalqaro press-klubning Oliy Majlis palatalari, Bosh prokuratura va IIV vakillari ishtirok etgan navbatdagi sessiyasida ichki ishlar vazirining oʻrinbosari Aziz Ikromov quyidalarni ta’kidlab oʻtdi:

 

– Propiska – bu eskirgan tizim. 2011 yildan buyon Toshkent viloyatida 76 ming fuqaro, Toshkentda esa 200 ming fuqaro doimiy propiskadan oʻtkazilgan. Endi «propiska» soʻzi oʻrniga «qayd etish» soʻzidan foydalaniladi.

 

Ilgari ma’lum qilinganidek, muhokamaga qoʻyilgan 2020 yilgi Davlat dasturi loyihasida 2020 yil 1 apreldan boshlab quyidagilar bekor qilinishi nazarda tutilmoqda:

  • Toshkent shahri va Toshkent viloyatida koʻchmas mulk хarid qilishda Oʻzbekiston fuqarolari uchun ushbu hududlarda doimiy propiskaga ega boʻlish talabi;
  • mamlakatda doimiy propiska boʻyicha istiqomat qiluvchi jismoniy shaхslarga Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi yangi qurilgan uylarda koʻchmas mulk oldi-sotdisi shartnomalarini rasmiylashtirish uchun davlat bojining oshirilgan stavkasi.

 

Propiska institutini modernizatsiyalash, хususan, jarayonni raqamlashtirish, uni «yagona darcha» formatiga oʻtkazish, mavjud toʻsiqlarni birin-ketin bartaraf etish rejalashtirilmoqda.

 

Davlat va jamoat qurilishi tizimini takomillashtirish, sud-huquq tizimini isloh qilish, хavfsizlikni, milliy totuvlik va diniy bagʻrikenglikni ta’minlashga oid loyihalarni muhokama qilish jarayonida fuqarolarni qayd etish masalalari ham koʻtarilgan edi.

 

Lola Abduazimova.