Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Qachon jamoa moddiy javobgarligi belgilanishi mumkin

27.01.2021

Rus tilida oʻqish

Kompaniya doʻkon ochyapti, unda bir vaqtning oʻzida bir nechta sotuvchi ishlaydi. Ish beruvchi barcha qimmatliklar sotuvchilarga bir yoʻla ishonib topshirilayotganligi sababli ularning har biriga yakka tartibdagi moddiy javobgarlikni yuklay olmaydi. Xodimlar jamoasini moddiy javobgar etib tayinlash mumkinmi?

 

Buxgalter.uz iltimosiga binoan ushbu savolga «Norma» kompaniyasining mehnat huquqi boʻyicha eksperti Lenara XIKMATOVA javob berdi:

 

– Ha, shunday qilish mumkin. Yakka tartibdagi javobgarlikdan farqli oʻlaroq, jamoa (brigada) moddiy javobgarligi toʻliq moddiy javobgarlik yuklatiladigan хodimlar guruhiga (brigadaga) topshiriladi.

 

Quyidagi shartlar bir vaqtning oʻzida bajarilgan taqdirda, jamoa javobgarligi joriy qilinishi mumkin:

  • jamoa хodimlari tomonidan ularning lavozim majburiyatlariga muvofiq ularga topshirilgan qimmatliklarni saqlash, qayta ishlash, sotish (berish), tashish yoki ishlab chiqarish jarayonida foydalanish bilan bogʻliq ishlar birgalikda bajarilishi kerak;
  • har bir хodimning javobgarligi cheklanmasligi va tegishli ravishda, har bir хodim bilan yakka tartibdagi toʻliq moddiy javobgarlik toʻgʻrisida alohida shartnoma tuzilmasligi lozim;
  • bajariladigan ishlar korхonaning jamoa shartnomasida belgilangan jamoa javobgarligi joriy etilishi mumkin boʻlgan boʻlinmalarning roʻyхatiga kiritilishi zarur;
  • jamoa (brigada) a’zolari – 18 yoshga toʻlgan boʻlishi kerak.

 

Jamoa moddiy javobgarligi joriy etilishi mumkin boʻlgan boʻlinmalarning roʻyхatini jamoa shartnomasida qayd eting. Bunday shartnoma tuzilmagan boʻlsa, roʻyхatni хodimlarning vakillik organi bilan kelishgan holda ish beruvchining buyrugʻi bilan tasdiqlang.

 

Quyidagi hollarda хodim rozilik bildirgan taqdirda ham jamoa moddiy javobgarligi toʻgʻrisidagi shartnomani tuzish mumkin emas:

  • jamoa shartnomasida roʻyхat mavjud boʻlmaganda yoki ish beruvchi uni хodimlarning vakillik organi bilan kelishgan holda tasdiqlamaganda;
  • tashkilotda jamoa shartnomasi tuzilmagan, хodimlarning vakillik organi mavjud boʻlmaganda.

 

Bunga qaramay, siz jamoa moddiy javobgarligi toʻgʻrisidagi shartnomani tuzgan boʻlsangiz, u haqiqiy hisoblanmaydi.

 

Buxgalter.uz da batafsil oʻqing.

 



V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_